43
ishdan boʻshatishni man qilish va ushlab qolishlar) bekor qilish mehnat
haqidagi qonunlarga qat’iy rioya qilgan
holda ishga joylashish
kafolatini berishdan iborat boʻladi. Majburiy mehnat qilishdan voz
kechish har bir shaxsning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishlash yoki
ishlamaslikni haqiqiy tanlashini bildiradi. Bunda mehnat qilishning
huquqiy amalga oshirilishi,
shubhasiz, xodimlarning mehnat bozorida
yollanishning eng yaxshi sharoitlari uchun musobaqalashuvlarini
koʻzda tutadi.
Ammo bunda xodimlarni faqat rasmiy ozod qilishning oʻzigina
yetarli emas. Yollanma mehnat uchun iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy
kafolat zarur. Ular orasida
kelajakda eng kam ish haqini aholi jon
boshiga kun kechirish uchun zarur boʻlgan eng kam miqdorgacha
qonun asosida oshirish va mehnat daromadlarini cheklashni bekor
qilish asosiy hisoblanadi
. Bunday holatda xodim iqtisodiy faol boʻladi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan oqilona bandlik ishchi kuchidan
shunday foydalanishni aks ettiradiki, u yalpi ichki mahsulot (YaIM) va
mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlaydi va mulkchilikning turli
shakllari, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali
uslublarining qoʻllanish sohalari kengayishiga koʻmaklashadi. Bu
ortiqcha ishchi kuchining ozod boʻlishiga olib keladiki, u yollangan
ishlovchilarni qaytadan taqsimlash va mehnat
migratsiyasi kengayishi
jarayonining kuchayishiga yordam beradi. Shu bilan birga shunday
vaziyat yuzaga keladiki, unda ishlab chiqarishdan ozod boʻlgan
ishlovchilardan bir qismining mehnatga va daromadlarga oʻz huquqini
amalga oshirish sharoiti yomonlashadi. Bunday holda ishsizlik paydo
boʻladi.
Mehnatga qobiliyatli aholining oqilona bandligini shakllantirish-
ning asosiy demografik manbalaridan biri uning iqtisodiy faol qismi
kengayishidan iborat. Aholining iqtisodiy
faol qismi mulkchilikning
turli xil tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shakllariga ega korxonalarda ish
bilan band boʻlgan yollanma xodimlarni, mustaqil shaxslar va
tadbirkorlarni, ish qidirayotgan (shu jumladan, ishsiz) mehnatga
qobiliyatli, band boʻlmagan aholini qamrab oladi.
Bularning barchasi
mehnat salohiyatini tashkil qiladi. U mehnatga qobiliyatli aholining
iqtisodiy faol boʻlmagan qismi – ishlab chiqarishdan ajralgan holda
oʻqiyotganlar, harbiy xizmatda boʻlganlar va subyektiv-obyektiv
sabablarga koʻra ish bilan band boʻlmaganlar hisobiga yangilanadi va
44
toʻldiriladi. Miqdoriy yangilanish xarakteri – iqtisodiy faol aholining
kengaytirilgan, oddiy yoki toraytirilgan takror ishlab chiqarilishi uning
tarkibidan chiqqan shaxslar (pensiyaga chiqish,
mehnat qobilyatini
yoʻqotish va boshqa sabablar boʻyicha) sonini (Vb) va mehnat bozorini
toʻldiradigan shaxslar (oʻquv yurtlarini bitiruvchilar, harbiy yoki
majburiy xizmatdan qaytganlar oldin band boʻlmay, hozir mehnat
qilishni xohlovchi shaxslar va boshqalar) soni (П ᵦ ) oʻrtasidagi ayirmani
iqtisodiy faol
aholi soniga
nisbati bilan belgilanadi.
Iqtisodiy faol aholining miqdoriy yangilanishi koeffitsiyenti
(Kyangi ᵦ ) quyidagi tartibda aniqlanadi:
bu yerda: A фaкᵦ – iqtisodiy faol aholi – b kategoriyasining
umumiy soni.
Shunday qilib, iqtiodiy faol aholining bandligi uning oʻzaro
bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy-demografik jarayonlar birligidagi
harakatini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: