Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng 
asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik 
korxonalarni barpo etishdir
. Bu esa, ishlab chiqarish va xizmat 
koʻrsatish miqyosini oshirishga qaratilgan boʻlishi darkor. Bunga esa, 
mehnat unumdorligini oshirsh, ish joylarining moddiy-texnikaviy, 
texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq 
xoʻjaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli 
foydalanish, ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish va 
oqilona soliqlar orqali erishish mumkin. 


62 
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xoʻjaligi va 
sanoatning asosiy mahsulotlariga talab va taklifga asosan istiqbol 
koʻrsatkichlarini belgilash, kichik yoshdagi bolalari boʻlgan va koʻp 
bolali onalarni, nafaqaxoʻr va nogironlarni tabaqalashtirilgan ish joylari 
bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar berish orqali 
moddiy manfaatdorligini oshirish hamda ish bilan ta’minlanishini 
yaxshilashga erishish kiradi. 
Qisqacha xulosalar
 
Ishsizlik darajasi mamlakat iqtisodiyoti qay darajada taraqqiy 
etganligining hamda iqtisodiyotda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning 
muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. «Ishsizlik darajasi» deganda 
ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi tarkibidagi salmog‘i tushuniladi. 
Respublikada ishsizlik darajasini bandlik xizmatlarida roʻyxatdan 
oʻtgan ishsozlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbatan 
olib hisoblash mumkin. 
Ishsizlik darajasiga bir qancha omillar ta’sir koʻrsatadih mehnat 
haqining pastligi, mehnat sharoitlari yaxshi emasligi, ish haqining 
vaqtida berilmasligi, ish joylarini qisqartirishlar va boshqalar. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari barqarorlashayotgan davrda 
ishsizlikning boʻlishi tabiiy holatdir. Chunki ishchi kuchiga boʻlgan 
talabnnng taklifiga mos kelishi oqilona bandlikni shakllantirib, jamiyat 
uchun tabiiy boʻlgan ishsizlik darajasini tarkib toptiradi. 
Ish bilan band boʻlmagan shaxslarni yangi kasblarga oʻrganish, 
malakasini oshirish, moddiy yordam borish va ish joylarini tavsiya etish 
mehnat birjasi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy tadbirlarning 
eng muhimi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin