62
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xoʻjaligi va
sanoatning asosiy mahsulotlariga talab
va taklifga asosan istiqbol
koʻrsatkichlarini belgilash, kichik yoshdagi bolalari boʻlgan va koʻp
bolali onalarni, nafaqaxoʻr va nogironlarni tabaqalashtirilgan ish joylari
bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar berish orqali
moddiy manfaatdorligini oshirish hamda ish bilan ta’minlanishini
yaxshilashga erishish kiradi.
Qisqacha xulosalar
Ishsizlik darajasi mamlakat iqtisodiyoti qay darajada taraqqiy
etganligining hamda iqtisodiyotda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning
muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. «Ishsizlik darajasi» deganda
ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi tarkibidagi salmog‘i tushuniladi.
Respublikada ishsizlik darajasini bandlik xizmatlarida roʻyxatdan
oʻtgan ishsozlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbatan
olib hisoblash mumkin.
Ishsizlik darajasiga bir qancha omillar ta’sir koʻrsatadih
mehnat
haqining pastligi, mehnat sharoitlari yaxshi emasligi,
ish haqining
vaqtida berilmasligi, ish joylarini qisqartirishlar va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari barqarorlashayotgan davrda
ishsizlikning boʻlishi tabiiy holatdir. Chunki ishchi kuchiga boʻlgan
talabnnng taklifiga mos kelishi oqilona bandlikni shakllantirib, jamiyat
uchun tabiiy boʻlgan ishsizlik darajasini tarkib toptiradi.
Ish bilan band boʻlmagan shaxslarni yangi kasblarga oʻrganish,
malakasini oshirish, moddiy yordam borish va ish joylarini tavsiya etish
mehnat birjasi tomonidan amalga oshiriladigan
ijtimoiy tadbirlarning
eng muhimi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: