61
5.5. Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari
Jiddiy muammolar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida
davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasini
oshirish siyosatini oʻtkazadi. Birinchidan, ishsizlikning friksion va
tarkibiy turlari oʻsganda:
– qaytadan kasb oʻrgatadi;
– ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
– boʻsh ish joylari haqidagi axborotlarni kengaytiradi;
– mehnat birjalariga investitsiyalarni koʻpaytiradi.
Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat
budjeti, fiskal, kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:
– ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga
koʻproq mablag‘ sarflaydi;
– tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda
kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;
– ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni
kamaytiradi.
Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga
solish:
– aholi soni, yosh va jinsi salmog‘idagi oʻzgarishlarga;
– ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud oʻzgarishlariga;
– qoʻshimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish
mezonlari;
– ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga hamda uning oʻsish
sur’atiga;
– ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga
alohida e’tibor beradi.
Dostları ilə paylaş: