Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116
asosiy turlari
koʻproq uchraydi:
– 
yashirin
,
bu asosan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tarmoqlari 
uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ish kuchini kamroq miqdorda talab 
qiladi. Amalda ishsizlikning yashirin shakli faqat iqtisodiy emas, shu 
bilan birga siyosiy xususiyatga ham egadir. Yashirin ishsizlik ishlab 
chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha 
bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
– 
mavsumiy
,
ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni 
ta’minlovchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni 
qayta ishlash va tayyorlash muddati bilan asoslangan. Uni normal 
ishsizlik jumlasiga kiritish mumkin. Mavsumiy ishsizlikning hajmi 
ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif mavsumiy omillarining baravar 
ta’sir qilishi sifatida namoyon boʻladi; 
– 
texnologik oʻzgaruvchan
, ishsizlikning bu shakli, masalan, fan-
texnika yutuqlari natijasida qoʻl mehnati oʻrnini mashina egallashi 
natijasida yuzaga keladi; 
– 
tarkibiy
, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo boʻlishi yoki 
eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining oʻzgarishi bilan 
yuzaga keladi. 


57 
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari 
nazariy asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va koʻrsakichlari 
ochib berilishini taqozo qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlari 
va koʻrsatkichlari mehnatga layoqatli aholi oqilona bandligini shakl-
lantirishni tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir. 
5.3. Ishsizlikning asosiy mezonlari va koʻrsatkichlari 
 
Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa 
jihatlari 
quyidagi mezonlarda oʻz aksini topadi
: ishchi kuchiga talab 
va taklif oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish; 
ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini koʻpaytirish; 
iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; kadrlar mala-
kasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining mehnat 
daromadlarini koʻpaytirish va boshqalar. 
Mazkur mezonlar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin