68
Bunday yondashish iqtisodiyotning barcha sektorlarida moddiy,
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanishning tahlili va istiqbolini
belgilashni yaxshilaydi. Shuning uchun hududda mehnat sarflari
TABini ishlab chiqishda funksional yondashish qoʻllaniladi. U bandlik
darajasini, iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlarida mehnat
resurslaridan foydalanish, taqsimlash hamda ular oʻrtasidagi mehnat
mutanosibligini toʻg‘ri aniqlaydi. Uning asosida hududida mehnatga
qobiliyatli aholi bandligi sektorlari tarmoqlarida mehnat sarflarining
TAB chizmasi ishlab chiqilgan. U toʻrtta (I–IV) boʻlimdan iborat
(4- rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: