Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Toʻrtinchi blok
kadrlarni tayyorlash va qayta oʻqitish 
koʻrsatkichlari prognozlashtirishga bag‘ishlangan.
Qishloq xoʻjaligi va sanoat, xizmat koʻrsatish va shaxsiy mehnat 
tarmoqlarida band boʻlgan aholi sonini prognozlashtirish kadrlarni 
tayyorlashga talabni aniqlashga imkon beradi. Kadrlar tayyorlash 
hajmini aniqlashda bandlikning har bir ajratilgan tarmog‘i uchun ikkita 
vazifani hal qilish zarur: 
– tabiiy sabablarga koʻra, iqtisodiyot tarmoqlaridan ozod etilgan 
xodimlar soni; 
– xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlarida qishloq xoʻjaligi, 
sanoat, xizmat koʻrsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida ilmiy-texnik 
taraqqiyot 
yutuqlarini 
qoʻllash 
natijasida 
xodimlar 
sonidagi 
oʻzgarishlar.
Birinchi holda kadrlarni tayyorlash hajmlari xodimlarning jinsi
yoshi tarkibida kelajakda boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olish bilan 
baholanadi. 
Bunday axborot kadrlarni tayyorlash va oʻqitishning turli xil 
darajalarida ishdan ozod etilish xodimlar sonini aniqlashga imkon 
beradi. 
Ikkinchi holda xodimlarni tayyorlash hajmi ekspert baholari va 
ekonometrik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Kadrlar tayyorlashning 
turli xil darajalaridagi xodimlar ulushining ekspert baholari aniq bir 
tarmoqqa kerakli mutaxassislar sonini, ya’ni oʻqiyotganlar sonini 
aniqlashga imkon beradi. Ekonometrik tadqiqotlar kadrlar tayyorlash-
ning turli darajalarida xodimlar sonidagi ilmiy-texnik taraqqiyot 
yutuqlarini qoʻllash va iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish sharoitlaridagi 
oʻzgarishlarni ishlab chiqarish funksiyasi sifatida aks ettiradi. Bu holda 


85 
turli xil darajadagi ma’lumot va malakaga ega mutaxassislarga 
qoʻshimcha talabni yanada chuqurroq aniqlash va shu bilan kadrlarni 
tayyorlash tizimida oʻqitish hajmini belgilash mumkin. 
Xodimlarni ishlab chiqarishdan ajralgan holda qayta tayyorlash 
koʻlamlarini aniqlash ushbu blokning muhim tarkibiy qismi boʻlishi 
kerak, bu g‘oyatda murakkab, chamasi, ishning birinchi bosqichlarida 
faqat ekspert baholaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birga 
hududning turli tarmoqlari uchun bunday jarayonlar koʻlamini miqdoriy 
baholashga imkon beruvchi omillarni aniqlash uchun model tuzish 
zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin