Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


«Ilmiy uslublar ta’minoti»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116
«Ilmiy uslublar ta’minoti» 
boʻlimi mehnat bozori 
faoliyati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va oʻtkazishning ilmiy-
amaliy asoslarini yaratishdan boshlanadi. Unga quyidagilarni kiritish 
maqsadga muvofiq: mehnat bozorini tartibga solishning tamoyillari va 
yondashishlari: maqsadga erishish usullari; bandlik siyosatining asosiy 
yoʻnalishlari; ishchi kuchi talabi va taklifini tartibga solish sohasidaga 
ustuvorliklar; tashqi va ichki ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni oʻzgartirish 
boʻyicha muqobil tadbirlar; mehnat bozori tizimlalarini shakllantiruvchi 
omillar; ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning boshqa bloklari bilan oʻzaro 
hamkorliklari. Bundan tashqari bu, boʻlimda mehnat bozori faoliyati 
holatining tahlili va istiqbollashtirishda qoʻllaniladigan uslublar, 
qoidalar va yoʻriqnomalar majmuasi ham oʻz aksini topadi. 


94 
Dasturni ishlab chiqishda 
«Axborotlar bilan ta’minlash
» boʻlimi 
muhim ahamiyatga ega. U statistik hisobot, kadrlar marketingi va aniq 
sotsiologik tadqiqotlarning ma’lumotlari asosida shakllanadi. 
Mazkur boʻlimda tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ilmiy ishlan-
malar bozorlari, tadqiq qilinayotgan hudud rivojlanishining demografik, 
ijtimoiy va iqtisodiy koʻrsatkichlari haqida axborotlar ham boʻladi. 
Dasturning 
“Modellar
va hisoblash texnikasi ta’minoti” 
boʻlimi 
mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining tahlili va prognozini 
belgilashda hamda ratsional parametrlarini aniqlashda qoʻllaniladigan 
ekonometrik modellar, balans uslublari, amaliy yaratgan dasturlar 
paketi, hisoblash texnikasi va boshqa vositalar majmuasidan iborat 
boʻladi.
«Dasturlar ta’minoti»
boʻlimi turli tadbirlar, ularni bajaruvchi 
mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari koʻrsatilgan, oʻzaro bog‘langan 
aniq dasturchalar majmuasidan iborat boʻladi. Ular mehnat bozori 
faoliyatining «maqsadlar daraxti» asosida tuziladi. Har bir dastur oʻzaro 
bog‘langan bir necha boʻlimlardan tashkil topadi (7-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin