100
u aniq iqtisodiy qonuniyatlarni, kategoriyalarni, jarayonlarni va
obyektlarni miqdor jihatdan matematik va statistik uslublar va modellar
yordamida oʻrganuvchi fan, deb tushuniladi. Ekonometrikaning tor
mazmundagi tushunchasi «Qisqacha iqtisodiy-matematik lug‘at»
kitobida ham yuqoridagi fikrga oʻxshash talqin etiladi [4, 307-bet.]. Bu
fikrlarga asosan, “Ekonometrika”ning tor mazmundagi tushunchasi
keng tushunchasiga nisbatan koʻp qoʻllaniladi, degan xulosaga kelish
mumkin.
Bu xulosaga asosan, agarda «ekonometrika» soʻzi «iqtisodiyotni
baholash» deb oʻzgartirilsa, unda bu tushunchadan quyidagi tushuncha
kelib chiqadi. Ekonometrika -iqtisodiy jarayonlarni va voqyealarni
miqdoriy baholashdir. Bu tushuncha boʻyicha barcha iqtisodiy-
matematik modellar ekonometrikaga taalluqli boʻladi.Yuqorida qayd
etilgan barcha fikrlar mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining
kompleks ekonometrik modellashtirish metodolopgiyasini yaratishda
asos boʻla oladi [14,5-bet.].
Mehnat bozori - kompleks ekonometrik modellashtirishning yangi
obyekti. Unda ish bilan band va band boʻlmagan aholining «mehnatga
qobiliyatlarini» shartnomalar asosida sotish sotib olish jarayoniga koʻp
omillar va sharoitlar ta’sir koʻrsatadi. Mehnat bozori shakllanishi va
rivojlanishining ayrim komponentlarini matematik izohlash - ekometrik
modellar ishonchligini oshirishga olib kelaver-maydi. Mehnat
bozorining faoliyati talab, taklif, baho, raqobat kabi ishchi kuchini
yollash vositalariga bog‘liq boʻlibgina qolmasdan, balki, mamlakatning
iqtisodiy, demografik va ijtimoiy salohiyatlari holati bilan ham
belgilanadi. Shuningdek, uning samarali faoliyatida ekonometrik
modellar kompleksi yordamida aholining oqilona bandligini
shakllantirish va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha aniqlan-gan chora-
tadbirlar ham muhim oʻrin tutadi. Mehnat bozori shakllanishi va
rivojlanishiga ta’siretuvchi omillar va sharoitlarni miqdoriy baholash
kompleks ekonometrik modellashtirishni qoʻllashni taqozo etadi. Bu
jarayon esa bosqichma-bosqich olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: