112
X BOB
MEHNAT BOZORINING KADRLAR MARKETINGI
TADQIQOTI
10.1. Mehnat bozoriga kadrlar marketingi tadqiqotini
qoʻllashning ahamiyati
Hozirgi paytda statistik ma’lumotlar mehnat bozoridagi ishchi
kuchiga boʻlgan talab va uning taklifini toʻliq ifodalay olmayapti.
Chunki, ish joylarini hisobga olishning maqbul metodikasi yoʻqligidan
ishchi kuchiga boʻlgan talabning miqdorini aniqlash murakkabligicha
qolmoqda. Aholi bandligini mehnat bozori mexanizmlari asosida
oqilona tartibga solish esa ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif miqdori
va tarkibini doimiy tahlil qilib borishni taqozo etadiki, iqtisodiy jihatdan
mushohada etilgan mulohazalar shu asosda ishlab chiqiladi. Shunday
muammolarni yechishda kadrlar marketingi asoslarini keng qoʻllash
ijobiy natijalar beradi.
Marketing tadqiqoti muammolariga xorijiy va MDH davlatlari
olimlarining koʻp ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Ularda “marketing
tahlili” tushunchasi turlicha talqin etiladi. Masalan, amerikalik mashhur
iqtisodchi F.Kotler quyidagi aniq tushunchani ilgari suradi: “Marketing
tadqiqoti – firma oldida turgan marketing vaziyatlari haqida
ma’lumotlar toʻplamini sistematik ravishda aniqlash, toʻplash va tahlil
qilish natijalarining hisoboti” [3,95-bet].
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tovarlarga boʻlgan
talab va taklifni oʻrganishda marketing keng qoʻllaniladi. O‘zbekistonda
esa, marketing fan sifatida shakllanib, tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va
investitsiyalar bozorlari tahlilida oʻz ijobiy natijalarini bermoqda.
Dostları ilə paylaş: