Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Mehnat bozorining ekonometrik modellari kompleksi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
 
9.3. Mehnat bozorining ekonometrik modellari kompleksi 
 
Mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining iqtisodiy-
matematik tadqiqotida 
kompleks ekonometrik modellashtirish 
yetakchi oʻrin tutadi.
Mehnat bozori shakllanishining EMK tuzishda 
aholi ish bilan bandligi tahlili va prognozini belgilash masalalarini 
yechish boʻyicha hamdoʻstlik davlatlari olimlarining koʻpgina 
tadqiqotlari mavjudligini hisobga olish lozim. Lekin ular bozor iqtisodi 
munosabatlari shakllanishi bilan bog‘lanmagan. Holbuki, bu 
tadqiqotlarda aholining ish bilan bandligi tuzilishida iqtisodiyotning 
samaralifaoliyat koʻrsatishi tufayli ijobiy oʻzgarishlar yaqin kelajakda 
sodir boʻlishi ta’kidlangan. Aholining ish bilan bandligidagi
nomutanosibliklarni kamaytirish ishlovchilarning bir tarmoqdan 
boshqasiga oʻtishi uchun sharoitlar yaratish va ularning malakasini 
oshirish kabi muammolari fodalangan. Biroq mehnat bozori, ayniqsa, 
uning shakllanish mexanizmlari analitik nuqtayi nazardan batafsil 
oʻrganilmagan. 


108 
Aholining mehnatga boʻlgan talabi ikki tomonlama ifodalangan: 
miqdor jihatdan – mehnat resurslarining koʻpayishi yoki kamayishi, 
sifat jihatdan – ishchi kuchi malaka tarkibining oʻzgarishi. 
Ishlab chiqarish va aholi talablarining bir-biriga mos kelish 
mexanizmi ish joylari sonini ishlovchilar miqdoriga tenglashtirish 
boʻyicha tadbirlar yig‘indisi deb izohlangan. Masalan, ba’zi manbalarda 
[2, 862-bet.] modellar diferensial tenglamalar tizimi koʻrinishida 
berilgan boʻlib, ularda ish joylari va mehnat resurslari mosligining 
dinamikasi batafsil yoritilgan. Bunda ish joylari sonining oʻsishi asosiy 
ishlab chiqarish fondlari koʻpayishi va kamayish omillarining ta’siriga 
bog‘liq boʻlgan. Shuning uchun boʻsh ish joylari va ishlovchilar 
salohiyati markazlashtirilgan boshqarish orqali muvofiqlashtirib 
turiladi. Iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish ma’naviy va jismoniy 
eskirgan ish joylarini va ishlab chiqarish fondlarini yoʻqotish va toʻg‘ri 
investitsiya siyosatini olib borish bilan uzviy bog‘liq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin