110
shakllantirish (O-BAND) va ishsizlik holatining tahlili va istiqboli
(ISHSIZ) (8-rasmga qarang).
2. Mehnat bozori shakllanishini kompleks ekonometrik
modellashtirish jarayonida dastlab, DEMOSOC (mehnat resurslarining
soni, yosh tuzilishi, malakasi, ma’lumoti va mexanik harakatlanishi),
TAB-M (jonli, buyumlashgan va jamlangan mehnat sarflari va ular
oʻrtasidagi nisbatlar) va IQTISOD (yalpi ichki mahsulotning, asosiy
ishlab chiqarish fondlari va investitsiyalarning hajmi va tuzilishi, ish
joylarining qiymati, iste’mol bozorining holati va boshqalar)
modellarining bloklari ishlab chiqiladi. Ularning «chiqish» axborotlari
boshqa modellar bloklarini tuzishda «kirish» axborotlari boʻlib xizmat
qiladi.
3. Ma’lumki, qishloq xoʻjaligi, sanoat va shaxsiy mehnat
tarmoqlarining samarali faoliyati IQTISOD modellarida qayd
etilganidek, xizmat koʻrsatish tarmoqlarining rivojlanish dinamikasiga
bog‘liq. Bu tarmoqlar uchun IQTISOD modellarida yaxshi investitsion
muhit mavjud.
Mehnat bozori shakllanishining EMK tartibga solish masalalarini
yechishga moʻljallangan boʻlgani uchun, uning modellarida teskari
aloqalar ikki yoʻl bilan hisobga olinadi. Birinchidan, ular rekursiv
tenglamalar koʻringanida berilgan boʻlib, iste’mol bozoridagi baholar
darajasini qishloq xoʻjaligi, sanoat va shaxsiy mehnat tarmoqlarining
samarali faoliyat koʻrsatish koʻrsatkichlari bilan bog‘laydi, ya’ni ular
modellar boʻyicha hisob tartibini aniqlaydi. Ikkinchidan, biz ekspert–
foydalanuvchilarga teskari aloqa bilan birgalikda EMKning elementi
sifatida qaraymiz.
Dostları ilə paylaş: