89
VIII BOB
MEHNAT BOZORI FAOLIYATINING MAQSADLI
KOMPLEKS DASTURI
8.1. Mehnat bozori maqsadli kompleks dasturining ahamiyati
Maqsadli kompleks dastur mehnat bozorining kelajakdagi
faoliyatida asosiy tadbirlarni ishlab chiqishning samarali vositalaridan
biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozori faoliyatining maqsadli
kompleks dasturini tuzishga alohida e’tibor beramiz. U qishloq xoʻjaligi
tarmoqlarida ishchi kuchiga talab va taklifni kamaytirish, sanoat, xizmat
koʻrsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida jonli mehnat va ish joylariga
oʻsib borayotgan talablarni qondirish, ishchi kuchiga talab va taklif
oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishish, ishsizlikni kamaytirish, yuqori
malakali xodimlarni shakllantirish, bandlik infratuzilmasi obyektlarini
samarali rivojlantirish, band boʻlmagan shaxslarning ishonchli ijtimoiy
himoyalanishini ta’minlash, dasturni amalga oshirishning tashkiliy,
iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish kabi qisqa va
uzoq muddatli tadbirlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Ushbu dastur
bandlikning davlat siyosati, inflatsiya va ishsizlik, bandlik va
investitsiyalar,
ish
joylari
va
mehnat
resurslari
oʻrtasidagi
makroiqtisodiy nisbatlar bilan uzviy bog‘langan holda ishlab chiqiladi.
Ushbu dasturning barcha boʻlimlari va tadbirlarini ishlab
chiqishda quyidagi
Dostları ilə paylaş: