Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
Yettinchi blokda
oltinchi blok uslubiyoti asosida xizmat 
koʻrsatishning turli tarmoqlari va mulkchilik shakllarida ishchi kuchiga 
talab prognozini belgilash amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish sharoitlarida 
xizmat koʻrsatish tarmoqlari yangidan tashkil qilingan kichik, xususiy 
va qoʻshma korxonatar soni ortmoqda. Bunday holda malakali ishchi 
kuchiga talab oʻsadi va yangi ish joylari sonining oshishiga haqiqiy 
imkoniyatlar yaratiladi. Istiqbol rejalari tuzilayotganda bunday ish 
joylarining nufuzlilik darajasini hisobga olish zarur. U ishchi kuchiga 
talab va undan foydalanishning raqobat qobiliyati darajasini ma’lum 
darajada shakllantiradi. Ishchi kuchiga talabni prognozlashtirishda 
xizmat koʻrsatish obyektlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan 
ozod etilgan xodimlarning oʻtib ishlashi ehtimolini ham inobatga olish 
kerak. Bu yerda ekspert baholash eng qulay uslub hisoblanadi. 
Sakkizinchi blok
shaxsiy mehnat sohalarida ishchi kuchiga 
talabni aniqlashga bag‘ishlangan. Yakka tartibdagi mehnat faoliyatida 
ishchi kuchiga talabning istiqbol darajasi avvalo oiladagi bolalar soni, 


87 
ayollarning yosh bolalarni tarbiyalash boʻyicha ta’til muddati, 
maktabgacha ta’lim muassasalari bilan ta’minlanganligi, xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishi kabi hududi taraqqiyotining demosotsial va 
iqtisodiy koʻrsatkichlari oʻsishi va koʻlamlari bilan asoslanadi.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida ishchi kuchiga 
talabning prognoz koʻrsatkichlari koʻproq qishloq xoʻjaligi tarmoqlari 
mahsulotlariga ehtiyojning darajasi va ushbu tarmoqlardagi mavjud 
iqtisodiy imkoniyatlar koʻlamiga bog‘liq. Bu tarmoqlarda statistik 
hisobot yetarlicha olib borilmasligi prognozlashtirishni murakkablash-
tiradi. Shuning uchun ekspert baholash va aniq sotsiologik tadqiqotlar 
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Eng murakkab va amalda qoʻlaniladigan hisob-kitoblarning 
yakuniy qismi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin