Sh. Sh. Shodmonov


  Inflatsiyaning yalpi milliy mahsulot (YaMM) miqdoriga ta’siri



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

2. 
Inflatsiyaning yalpi milliy mahsulot (YaMM) miqdoriga ta’siri.

Inflatsiya darajasi yuqori bo'lgan davr hamisha bandlik va mahsulot 

miqdori oshgan davrga to'g'ri keladi. Inflatsiyaning pasayish davri esa 

ishsizlik ko'paygan, sarmoya sarfi kamaygan davrga to'g'ri keladi. Ushbu 

jihatdan olganda inflatsiya bilan mahsulot miqdori o'rtasida muayyan 
bog'liqlik bor.
79


Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatdan m a’lumki, jami talab egri 
chizig‘i bilan egri chizig‘i (egri chiziqning qiyshiq yoki tik tushgan 
bo‘lishidan qat’iy nazar) kesishgan nuqta baho darajasidir. Agar m a’lum 
sabablarga ko‘ra jami talab oshsa, jami talab egri chizig‘i o‘ng yuqori 
tomon siljiydi, bunga mos holda jami talabni yetarli darajada qoldiradigan 
jami taklif imkoniyati bo‘lmasa, jami taklif egri chizig‘i joyda turadi-da, 
ularning kesishish nuqtasi bo'lmish baho egri chizig'i yuqori siljiydi. 
Natijada baho darajasi o‘sadi. Agar jami talab ortishi sababli jami taklif 
ham oshsa, u holda jami taklif egri chizig'i ham siljiydi (jami taklif egri 
chizig‘i tik tushgan bo‘lsa, o‘ng tomonga, qiyshiq tushgan bo‘lsa chap- 
yuqoriga siljiydi)da, baho egri chizig‘i ham yuqori siljiydi. Demak, jami 
taklifning ortishi (jami taklifning kamayishiga barobar) yoki jami taklifnnig 
ortishi (jami talabning kamayishiga barobar) bahoning o'zgarishini keltirib 
chiqaradi. 0 ‘z navbatida bahodagi o‘zgarish jami talab yoki jami taklifda 
o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu ma’noda mahsulot miqdori baho 
darajasiga, aniqrog‘i inflatsiya darajasiga ma’lum darajada bog'liqdir.
3. 
Inflatsiyaning ishsizlikka ta’siri. 
Inflatsiya va ishsizlikning o ‘zaro 
bog‘liqhgini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips 
grafiklar yordamida inflatsiya va ishsizlik o'rtasida teskari aloqa 
mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan 
holatda ishsizlik darajasi past bo‘ladi. Buni 11-chizmadagi grafikda 
ko‘rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflatsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu 
holat aholining turli toifalari narx-navo ko‘tarilishi natijida yo‘qotilgan 
haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur
bo‘ladi. Buning natijasida, mamlakat 
aholisi o‘rtasida ishsizlik darajasining 
pasayishi kuzatiladi. Iqtisodchilarning 
tugamas munozarasiga sabab bo'lgan 
Fillips egri chizig‘i nihoyat inflatsiya 
bilan ishsizlik o‘rtasidagi munosabatni 
aniqlab berdi (12-chizma.)
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflat­
siya darajasini 1% ga pasaytirish uchun 
ishsizlikni 2% ga o‘stirish lozim bo‘- 
ladi. Ishsizlik va inflatsiya darajasidagi 
nisbatni tartibga solishda davlatning 
iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. 
Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin