Sh. Sh. Shodmonov


chizig'i, pulga talabning K eyns nazariyasi, transaksion m otiv, pu lga



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

chizig'i, pulga talabning K eyns nazariyasi, transaksion m otiv, pu lga
spekulativ talab, obligatsiya narxi, likvidlik, Pigu samarasi, neoklassik
sintez.
N azorat uchun savollar
1. Eski va yangi Keyns modeli qanday ifodalanadi?
2. Keyns modelida makroiqtisodiy agregatlarning qaysi turlaridan fo y d a -
lan iladi?
3. Transaksion va spekulativ qoldiqlar nimani anglatadi?
4. Keynscha pu l bozori nazariyasi bilan klassik m odel o'rtasidagi farqn i
tushuntirib bering.
5. X iks va Xansen tom onidan ishlab chiqilgan I S -L M egri ch iziqlar
nimani anglatadi?
6. Keyns modelida pulga bo'lgan talab nazariyasi nimalarga bog'liq?
7. 
Obligatsiyalarning jo riy fo iz stavkasi qanday aniqlanadi?
8. Keyns-Neoklassik sintezi orqali Pigu sam arasini tushuntirib bering.
9. Keyns
-
neoklassik sintezining asosiy jih atlari nimalardan iborat?
10. Valras qonunining mohiyati nimadan iborat?


5-bob.
PULNING NEOKLASSIK NAZARIYASI
5.1. Monetarizm doktrinasining vujudga kelishi
va uning evolutsiyasi
XX asrning so'nggi o ‘n yilliklari davomida G ‘arb mamlakatlari 
iqtisodiy nazariyasi ikkita yirik yo'nalish — reformizm an’analarini aks 
cttiruvchi keyns maktabi va «neoklassik tiklanish» shiori ostida birlashgan 
konservativ doktrinalar ittifoqi o ‘rtasida raqobat maydoniga aylandi. 
0 ‘tkirlik va keng miqyosli xarakter bilan ajralib turadigan bu qarama- 
qarshilik siyosiy-mafkuraviy, iqtisodiy qarashlar va konsepsiyalar tizimini 
ham, davlatning xo‘jalik hayotini tartibga solish bo‘yicha amaliy chora- 
tadbirlar sohasini ham qamrab oladi.
Konservativ alyans XX asr 70-yillarining ikkinchi yarmida uzil- 
kesil shakllanib, uni Chikago universitetida XX asrning 50-yillarida 
paydo bo'lgan monetaristik maktab boshqardi. Dastlab, monetarizm 
professor Milton Fridman atrofida yig'ilgan iqtisodchilarning kichik 
guruhi bilan ifodalangan. Ular o ‘z oldiga ommaviyligini yo'qotgan 
tartibga solinmaydigan bozor iqtisodiyoti konscpsiyasi jozibadorligini 
qayta tiklash vazifasini qo‘ydilar. Bunda pul takror ishlab chiqarish 
mexanizmini barqarorlashtiruvchi asosiy omil deb c’lon qilindi.
Monetarizmning tarixiy ildizlari uzoq davrni bosib o'tgan va neo­
klassik qarashlarning muhim tarkibiy qismi boMgan pulning miqdoriy 
nazariyasida yotadi. Monetaristlar o ‘z oldiga XX asrning 30-yillarida 
ommaviyligini yo‘qotgan va keyinchalik turg'un holatga tushib qolgan 
miqdoriy nazariyani jonlantirish va modernizatsiyalash vazifasini qo‘y- 
dilar. 1956- yili monetarizmning o ‘ziga xos manifestiga aylangan «Pul­
ning miqdoriy nazariyasi: yangicha ifodalash» maqolasida Fridman o‘z 
ta’limotini miqdoriy nazariyaning «aniqroq va voqelikka ko‘proq mos 
keladigan» versiyasi deb atadi.
M. Fridman (1912—2006) 1912-yili Nyu-Yorkning yahudiy muhojirlar 
yashaydigan kambag‘al tumani — Bruklinda tavallud topdi. 0 ‘qish 
davomida u o ‘zining matematik qobiliyatini namoyish etib, keyinchalik 
iqtisodiyot fani bilan qiziqib qoldi. 1932-yili Rutger universitetini 
yakunlagach, u Chikago shahriga iqtisodiyot fanini chuqurroq o ‘rganish 
uchun ko‘chib o‘tdi. Bu yerda u iqtisodiyotda bozor omillarining roliga
63


neoklassik qarashlar tarafdori bo ‘lgan yirik olimlar — F. Nayt, 
J. Viner, G. Saymonson bilan uchrashdi. M. Fridmanning bir nechta 
maqolalari bilan monetarizm doktrinasining jahon maydoniga chiqishi 
boshlandi. Monetarizm doktrinasi o‘tkir munozara va qattiq tanqidlar 
obyektiga aylanib, ular davomida Fridmanning ilmiy obro‘si o‘sib bordi. 
1967-yil u Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining prezidenti etib saylandi, 
1974-yili esa unga iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi. 
M. Fridman monetaristik doktrinaning shakllanishida yetakchi rol 
o‘ynadi. U monetarizmning nazariy asoslarini shakllantirib, ularning 
dalillarini ishlab chiqdi. Xuddi shu yo‘nalishda F. Keygan, D. Meyzel- 
man, K. Brunner, A. Meltser, D. Lendler va A. Shvarts ham ishladilar. 
Shu bilan birga, monetarizmni bir kishining yoki kishilar guruhining 
erishgan yutuqlari deb aytish noto‘g ‘ri boMardi. Monetarizm bu — 

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin