Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

m a’lum bir davr mahsuli,
kapitalizm iqtisodiyotidagi muhim o ‘zgarishlar 
uchun o‘ziga xos reaksiyadir. Bu oqim paydo bo'lgan dastlabki o ‘n 
besh yil ichida tan olingani yo‘q. Shu yillari kapitalistik dunyo iqtisodiy 
o‘sishni boshidan kechirgan. Bu yuqori konyunkturani davlatning 
g‘ayratli siyosati, uning talabni rag'batlantirish bo'yicha harakatlari 
natijasi sifatida tavsiflagan keyns nazariyasi nufuzining o ‘sishiga xizmat 
qildi. Faqat 60-yillaming ikkinchi yarmida, AQSH Vetnamda boshlab 
yuborgan harbiy harakatlar budjet taqchilligi va tovarlar narxining keskin 
o'sishiga olib kelgandan so‘ng monetaristlar pozitsiyasi kuchaydi va 
ularning ommaviyligi o‘sa boshladi.
Monetaristik doktrina bir qator bosqichlardan o ‘tgan bo'lib, ularning 
har birida asosiy e’tibor ma’lum bir muammolar doirasini ishlab chi- 
qishga qaratildi. Xususan, XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmi va 60- 
yillar boshida asosiy kuch-harakatlar pulga talab barqaror funksiyasi 
shaklida ifodalangan pulning miqdoriy nazariyasi yangi variantini ishlab 
chiqishga qaratilgan edi. Bu funksiya monetaristlarda pul massasi va 
nominal (pul) daromad o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajargan 
pul muomalasi barqaror va ishonchli bashorat qilinadigan tezligining 
analogi bo‘ldi. Keyingi yillarda pulga talab funksiyalari bo‘yicha ko‘plab 
ekonometrik hisob-kitoblar qilindi. Ushbu doktrina tarafdorlari m one­
taristik tezisning adolatli ekanligini, ko'rsatilgan funksiya turli tarixiy 
vaziyatlarda aniq ko‘zga tashlanadigan xo‘jalik subyektlari xulq-atvori 
barqaror qonunlarida aks etishini aniqlashga harakat qildilar. M o­
netaristlar ularning bozor iqtisodiyoti modeli ishonchliroq va konyunk­
turani bashorat qilish uchun eng yaxshi asos bo'lib xizmat qiladi deb 
ta ’kidladilar.
64


Monetarizm doktrinasi rivojlanishida keyingi qadam sanoat sikllari 
sababi va xarakteri masalasiga taalluqli bo‘lib, bundan oldingi bosqich
— an’anaviy miqdoriy nazariyaning umumiy narx darajasi nazariyasidan 
nominal daromad nazariyasiga aylanishi bilan bog‘liq edi. Monetaristik 
tadqiqotlar markazida pul zaxiralari o‘zgarishi va pul qiymatidagi yalpi 
milliy mahsulot (daromad) tebranishi o' rtasidagi bog‘liqlikning puldagi 
ifodasi yotadi.
Monetarizm evolutsiyasida inflatsiya tabiati haqidagi munozaralar 
muhim rol o‘ynadi. Fridman va boshqa monetaristlar inflatsiyani to ‘lov 
vositalarining tezlashgan emissiyasi natijasida vujudga keluvchi «sof 
pul bilan bog‘liq» hodisa sifatida talqin qiladilar. Bunda doktrinaning 
neoklassik ildizlari, uning pul miqdori va umumiy narx darajasi o'rtasida 
bevosita aloqa mavjudligini e’tirof qiluvchi miqdoriy pul nazariyasi 
bilan bog'liqligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Monetarizm doktrinasi rivojlanishida keyingi bosqich ish haqi va 
ishsizlik darajasi bilan bog‘liq edi. 1967-yili Fridman ishchi kuchi bozo­
rining qattiq sharoitlari bilan belgilanadigan va hukumat siyosati chora- 
tadbirlari tomonidan o'zgartirib bo‘lmaydigan «ishsizlik tabiiy darajasi» 
mavjudligi haqida fikr bildirdi.
Monetaristlarning «fiskalizm» deb tan olgan keyns siyosatiga qarshi 
urushi ham o‘z bosqichlariga ega.XX asrning 70-yillari o ‘rtalarida keyns 
va monetaristlar maktablari o'rtasidagi kurash bevosita xo'jalik siyosati 
amahy tadbirlarida namoyon bo‘ldi. 1980-yillar boshida iqtisodiy siyo- 
satni ifodalashda uning qoidalaridan foydalanish monetarizmning om- 
maviyligi keskin o'sganligi ko'rsatkichi bo'ldi. Markaziy banklar amaliyo- 
tida pul qoidalarining turli variantlari keng tarqaldi.
Monetarizmning asosiy jihatlari haqidagi masalalar bo‘yicha fikrlar 
xilma-xilligi juda keng. Asosiy sabab shundaki, monetarizm iqtisodiy 
fikrlashning keng oqimi sifatida ko‘p o‘lchamli hisoblanadi.
Monetaristlar o‘z konsepsiyalari bevosita real kuzatiladigan jarayon- 
larga asoslanadigan dalillardan kelib chiqishi haqida tasawur uyg‘otishga 
harakat qiladilar. Ularning metodologiyasiga muvofiq, nazariya bu — 
empirik kuzatuvlar summasiga mos keluvchi gipotezadan boshqa narsa 
emas. Biroq haqiqatda monetaristik konsepsiya awal boshdanoq apriorli 
mulohazalar va doktrina ko‘rsatmalariga bo‘ysundirilgan edi. Dalillarni 
to ‘plash, qayta ishlash va talqin qilish oldindan miqdoriy nazariya 
qoidalari va neoklassik ta’limning umumiy xulosalarini tasdiqlash vazifasi 
bilan belgilab qo‘yilgan edi. Monetarizmning eng mashhur bo'lgan 
Fridman varianti quyidagi elementlarni qamrab oladi:

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin