Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

12-chizma.
 
Fillips egri chizig'i:
W —
nominal ish haqining
o'sish sur’ati;
P -
inflatsiya darajasi;
U —
ishsizlik darajasi.
80


chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o ‘rtasidagi oqilona nisbatni 
ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflatsiya darajasini nazorat qilishi, 
balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy 
ta’sirining oldini olishi ham lozim.
Fillips egri chizig'i nazariyasi ishsizlik bilan inflatsiya 
o‘rtasida 
o‘zaro bog‘lanish bor, birini kamaytirish hisobiga ikkinchisi oshadi, 
bunday jarayon qisqa muddatda ham, uzoq mudatda ham amal qiladi, 
deb isbotlagan bo'lsada, keyinchalik amaliyotning sinoviga unchalik 
bardosh bera olmadi. Ko‘plab o ‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, 
«inflatsiya qat’iyatlikka moyil». Agar qandaydir talab yoki taklif zarbasiga 
uchramasa, bunday qat’iyatlik o ‘zgarmasdan o ‘zining ilgarigi sur’ati 
bilan davom etaveradi. Qisqa muddatda ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlik 
darajasidan past bo'lgandagina haqiqiy talab zarbasida inflatsiya darajasi 
o ‘sadi. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i muqim (bir izda) boMganda, 
ishsizlik bilan inflatsiya o'rtasida o ‘zaro almashuv bo'ladi. Uzoq 
muddatda esa ular o'rtasida hech qanday o'rin almashuvi bo'lmaydi. 
Uzoq muddatda past darajadagi ishsizlik ketidan hamisha tezlashgan 
inflatsiya kelib chiqadi va bunday o'sayotgan inflatsiyani uzoqqa qolmay 
taxmin qilish mumkin. Natijada yana bir daraja o'sgan qat’iy inflatsiya 
davri boshlanadi. Demak, inflatsiya uzoq muddatda Fillips egri chizig'i 
tabiiy ishsizlik darajasidan past bo'lgandagina inflatsiya haqiqatdan 
o ‘sa boshlaydi. Shuning uchun aytish mumkinki, uzoq muddatda Fillips 
egri chizig‘i tabiiy ishsizlik darajasini ifodalovchi nuqtaga tik tushgan 
chiziqdir. Ma’lum bir davlatga nisbatan olib qaraganda ishsizlik darajasini 
tabiiy ishsizlik darajasida yoki undan past darajada, inflatsiyani qat’iy 
holatda ushlab turish ancha mushkul, hatto uzoq muddatda mumkin 
emas. 0 ‘zgaruvchan iqtisodiy faoliyatlar va hodisalar yoki tasodif zarbalar 
sababidan bunday muqimlik hamisha buzilib turadi va oqibatda ikkalovi 
ham barobar o‘sadigan nomaqbul holat yuzaga keladi, biroq ikkalasining 
o‘sish darajasi barobar bo'lmaydi, albatta.
4. 
Inflatsiyaning bahoga boigan ta ’siri. M a’lumki, inflatsiya baho 
darajasining o ‘sishi bilan ifodalanadi, biroq inflatsiya sharoitida barcha 
baholar teng nisbatda o'smaydi, balki o‘rtacha baho darajasi o ‘sadi: 
«ba’zi tovarlar bahosi keskin o‘sadi, ba’zi tovarlar bahosi qat’iy bo‘ladi, 
ba’zi tovarlar bahosi hatto tushadi». Bundan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, inflatsiya sharoitida baholar o ‘rtasidagi nisbat buziladi va 
chalkashlashib ketadi. Inflatsiya darajasi qancha yuqori bo‘lgan sari, 
bahoning chalkashlashuvi shuncha katta bo'ladi. Natijada baho tovar 
qiymatini ifodalash funksiyasidan mahrum bo'ladi. Inflatsiya sababidan

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin