Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

6 - Pul nazariyasi
81


bahoning chalkashlashish ta’siriga aniq uchraydigan tovar — puldir. 
0 ‘zgarmas baho yo‘lga qo‘yilgan (davlat bahoning o‘sishining jilovlangan, 
turli shartnomalarida yozma ravishda cheklangan) ahvolda, inflatsiyaning 
ta’siri yana ham sezilarli darajada boiadi. Bunday bahoda sotiladigan 
tovarlarni ishlab cffiqaruvchi korxonalaming foydasi kamayadi, ular hatto 
ziyon ko‘radi. Erkin bahoda sotiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi 
korxonalar bahoni bozorga, aniqrog‘i o‘zlari mo'ljal qilgan inflatsiya 
darajasiga qarab belgilagani uchun ular foyda ko'radi, hech bo‘lmaganda 
ziyon ko‘rmaydi, ziyon ko‘rsa ham boshqa korxonalarnikidan kam ko‘radi. 
Natijada sarmoyalar, aniqrog'i bozordagi o‘zgarishlarga sezgir boigan 
xususiy sarmoyalar keyingi mahsulotni ishlab chiqaradigan tarmoqlarga 
ko‘proq jalb qilinadi, oqibatda sarmoya sarflashda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi 
va sarmoyalar muvozanatiga putur yetadi.
5. 
Tnflatsiyannig kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatadigan m a’naviy ta ’siri 
ham ancha katta bo‘ladi. Inflatsiya sharoitida baholar ketidan o‘z 
navbatida aholi daromadi va ish haqi ham oshadi. Kishilar daromad va 
ish haqining oshganini o ‘zlarining tirishib ishlashganinmg mahsuli deb 
hisoblashadi. Biroq, bahoning o‘sishini esa yomon ko‘rishadi, inflatsiya 
sharoitida go'yo turmush nochorlashib ketib borayotganday, inflatsiya 
esa ularning peshona teri bilan yiqqan boyligini o ‘g‘irlab ketayotganday 
noto‘g‘ri tushunchaga kelishadi. Amaliyotda kutilgan tekis inflatsiya 
sharoitida bunday holat kuzatilmaydi. Jadallashgan inflatsiya sharoitida 
ham unday holatni isbotlash qiyin.
Inflatsiya keltiradigan ziyonlar. 
Inflatsiya keltiradigan ziyonlar 
konkret sharoitga bog‘liqdir. Agar mo‘ljaldagi inflatsiya bo‘lib iqtisodiy 
faoliyatlar (soliq, foiz, ish haqi, daromad va boshqalar) inflatsiya 
darajasiga qarab tartibga solinsa, u holda barcha milliy daromadlarda, 
barcha nisbiy baholarda o‘zgarish bo‘lmaydi. Har bir kishi va guruhlar 
to‘laydigan soliqlar ham inflatsiyaning ta ’siriga uchramaydi. Barcha 
baho va daromadlarning o'sishiga ergashib, soliq summasi ham oshib 
boradi. Shunnig uchun amaliy qiymati bo‘yicha hisoblanganda to'langan 
soliq miqdorida o'zgarish bo‘lmaydi. Inflatsiyaning mavjudligi obli- 
gasiya, ko‘chmas mulk egalarining boyligini ham ziyonga uchratmaydi. 
Obligasiya shaklida qarz berilgan pullarni qaytarib olganda (qarz muddati 
tugaganda) undan tushgan muqim daromad inflatsiya keltirib chiqargan 
ziyonni qoplay oladi. Ya’ni foizning o ‘sishi qarz berilgan pulning qarz 
berilgan muddatda yo'qotgan qiymatini qoplashga etadi.
Kapital bozorida soliq miqdori va stavkasi inflatsiyaga qarab tartibga 
solingani uchun soliqdagi o'zgarish (ortish) inflatsiya ta’sir koVrsata


Olmaydigan darajada bo ‘ladi. Shunng uchun inflatsiya kapital samara- 
dorligiga keskin ta’sir qilmaydi. YaMM ning nominal miqdori ko‘paysa 
ham real miqdorida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Bu kutilgan 
tekis inflatsiya iqtisodiyotga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi.
Inflatsiya jarayonidagi o'zgarishlar uni taxmin qiluvchilar uchun 
ham tasodif hodisadir. Kutilmagan inflatsiyaning keltirib chiqaradigan 
ziyonni haqdor bilan qarzdor o'rtasidagi munosabatdan aniqroq 
tushunish mumkin. Agar korxonalar bilan ishchilar o'rtasida muayyan 
muddatga, muayyan miqdorda haq to'lash xususida shartnoma tuzilgan 
bo'lsa, qarz beruvchi bilan qarz (kredit) oluvchi o'rtasida muqim foizli 
shartnoma tuzilgan bo'lsa, budjet kamomadi bo'lgan davlatlarda davlat 
obligasiyalari tarqatilgan bo'lsa, kutilmagan inflatsiyaning yuzaga kelishi 
haqdorni ziyonga qaratadi, qarzdorni o'zlari o'ylamagan darajada 
qarzlarini yengillashtiradi. Garchi jamiyat miqyosida olganda bunday 
foyda — ziyon o'zaro qoplanib ketsa-da, alohida sliaxs, guruh, korxona- 
larga keltiriladigan ziyon ancha katta bo'ladi.
Alohida qayd qilish zarurki, inflatsiya keltiradigan og'ir-oqibat 
kutilmagan notekis inflatsiya sharoitida kelib chiqadi. Bunday ziyon — 
soliq stavkasi, haqdorlik va qarzdorlik muammolari, nisbiy baholarda 
aniq kuzatiladi, uning alohida shaxs va guruhlarda keltiriladigan ziyoni 
ancha katta bo'ladi. Ko'pchilik davlatlar bo'lajak inflatsiya darajasini 
tamoman yoki asosiy jihatdan mo'ljallab olishga oldindan ko'ra bilishga 
hozircha qodir emas, shuning uchun biz yuqorida ko'rib o'tgan ziyonlar 
turli darajada sodir bo'lib turadi.
Alohida shaxslarga inflatsiya bevosita ta’sir ko'rsatadi. Ularning 
turmush tarzini o'zgartiradi, boyligida o'zgarish paydo qiladi, naqd 
pullarning xarid quwatini kamaytirganidan ulami ruhan tushkunlashtiradi 
va asabini buzadi. Albatta, haqdor sifatida ziyon, qarzdor foyda ko'radi. 
Kun sayin oshib borayotgan narx kishilarning o'ziga hozircha zarur 
bo'lmagan narsalami ortiqcha sotib olishga majbur qiladi. Agar bunday 
holat umumiy tus olsa, mahsulotlarni talashib sotib olish, oqibat sun’iy 
ravishda yetishmovchilikka olib keladi.

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin