Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 265,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/123
tarix26.10.2023
ölçüsü265,96 Kb.
#161755
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Xarajatlar inflatsiyasi. 
Inflatsiyaning ushbu turi xomashyo va 
energetik resurslarga boigan xarajatlarning o'sishi tufayli ishlab chiqa- 
riladigan tovarlar va xizmatlar narx-navosining o'sishi natijasida yuzaga 
keladi. Xomashyo va energetik resurslarga bo‘lgan dunyo narxlarining 
ko‘tarilishi hamda xorijiy valutaga nisbatan milliy valuta kursining 
pasayishi xarajatlar inflatsiyasini yuzaga kelishining asosiy sabablari 
hisoblanadi. Xarajatlar inflatsiyasida m a’lum bir mahsulot narxining 
o'sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narxining ham o ‘sishiga 
olib keladi. Masalan, neft mahsulotlariga bo'lgan dunyo bahosinig 
o ‘sishi natijasida unga bevosita bog'liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar 
va k o ‘rsatiladigan xizm atlar narx-navosi o ‘sib ketadi. Xarajatlar 
inflatsiyasi taklif inflatsiyasiga o'xshash, lekin bu inflatsiyada ba’zi 
xarajatlarning o‘sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarda yuzaga chiqishi mumkin.
Kredit inflatsiyasi. 
Ushbu inflatsiya turi ba’zi mamlakatlarda banklar 
tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga keladi. 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun yuqori darajadagi 
qayta moliyalashtirish stavkasining o'rnatilishi natijasida xo‘jalik 
subyektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo'jalik subyektlari 
olingan kredit va u bo'yicha foizlarni o‘zlari ishlab cliiqaradigan mahsulot 
tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini 
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Import bilan bog‘Iiq inflatsiya. 
Inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan 
mamlakatda tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda 
import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan narx-navoning oshib ketishi 
natijasida ba’zi mahsulotlarga bo‘lgan narx-navolar zanjir tarzida 
ko‘tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflatsiya. 
Inflatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan 
olib borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun 
inflatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va bu tartibga solib turiladi.

Yüklə 265,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin