Sh. Sodiqova



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/175
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173469
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

III Bosqich
(C
Atrof-muhitdagi obyektlar va 
VV hodosalarni tasavvur qilishi
16-rasm.
Bola shaxsining atrof-muhitni hissiy bilish jarayoni3
Falsafiy-psixologiknuqtayinazardan bola biliminingmanbayisezgi dir. 
Chunki bola atrof-muhit haqidagi dastlabki bilimlarni o‘z sezgilaridan 
oladi. Bolaning atrof-muhit haqidagi boshqa birmuncha murakkab bilim- 
lari mana shu dastlabki boshlang‘ich bilimlari asosida vujudga keladi. 
Demak, bolani tabiiy va antropogen muhit bilan bog‘lovchi eng birinchi 
y o ‘l ham atrof-muhitdagi obyektlar va hodisalarni 
sezishd
ir.
Atrof-muhitdagi obyektlar va hodisalarni 
idrok etish
sezishga nisbatan 
birmuncha murakkab jarayon. Idrokning sezishdan farqi shundaki, unda 
atrof-muhitdagi obyektlar yoki hodisalarning ayrim xossalari emas, balki 
obyektlar yoki hodisalar butun holda aks etadi. Boshqacha ifodalasak
obyektlar yoki hodisalarning yaxlit manzarasi, tasviri vujudga keladi.
39. Qarang: Umarova M.X. M aktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga 
m as’uliyatli munosabatni shakllantirish uslubikasi: Pedagogika fanlari n o m zo d i.... diss. 
- Т., 2009, - 25-b.
184


Masalan, yom g‘ir, qor manzaralari va h.k.
Atrof-muhitdagi obyektlar va hodisalami hissiy bilishning yana bir 
shakli 
tasavvurdir.
Tashqi muhit ta’siri natijasida bosh miya qobig‘ining 
muayyan qism idapaydobo‘lg an q o'zg ‘alish, y a’ni sezishva idrokm a’lum 
muddatgacha o 'z izini qoldiradi. Demak, tasaw u r atrof-muhitdagi 
obyektlar va hodisalarning xuddi shu onda idrok qilinmaydigan, biroq 
miyada qolgan, ko‘z oldiga keltirilgan manzara, qiyofa-tasvirlarning 
tiklanishi yoki manzarali xotiradir.
Tasaw ur bilimlami saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ayni 
paytda obyektlar va hodisalarning xususiyatlarini bilib olishda, ya’ni 
umumlashtirishda ham muhim o‘rintutadi. Tasavvurdagi umumlashtirish 
xususiyati aqliy bilishning, boshlang‘ich ekologik tushunchalaming tash­
kil topishiga katta yordam beradi.
Xususiy tasavvurlar atrof-muhitdagi aniq obyektlar tasviri, manzara- 
sidir. Bu tasavvurlar aniq obyektlarni, masalan, aynan daraxtni, yo ‘lni, 
ko‘prikni, sovni, ariqni, ko‘chani, mahallani aks ettiradi. Xususiy tasav­
vurlar ayni paytda ko ‘cha yoki mahalla hududining tabiati va kishilar 
hayotini ham aks ettiradi. Natijada bola ongida muayyan hududlaming 
hajmdor yoki hajmsiz, rangli yoki rangsiz, aniq yoki noaniq shakldagi 
manzaralari hosil bo‘ladi va bu jarayon vaqt va tajribaga bog‘liq holda 
tiniqlashib boradi.
Demak, maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarni atrof-muhit bilan 
tanishtirish jarayonida ularning hissiy bilishiga tayanilib ish ko‘riladi va 
shu asosda atrofdagi muhit hamda uning har bir tarkibiy qismining tabiat 
va inson hayotida tutgan o‘rni haqida aniq bog‘lanishli misollar keltirilib, 
tegishli munosabat va madaniyat tarkib toptiriladi.
Boshlang1 ich ekologik ta ’ lim va tarbi­
yani amalga oshirish uchun tegishli bilim 
va malakalar hosil qilishni ta’minlaydigan 
maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalar 
saviyasiga mos va xos ish shakllari, vo- 
sitalari va uslublarini tanlab olish muhim 
vazifalardanbiri sanaladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida boshlang‘ich 
ekologik tarbiyaning eng samarali yo‘llaridan biri uni mehnat tarbiyasi 
bilan qo‘shib olib borish, ya’ni bolaning bo‘sb vaqtlarini foydali ishlarga 
jalb qilishdir. Chunki tabiatga ozor berish bilan bogTiq bo‘lgan sho‘x- 
liklar m a’lum darajada bolaning bo‘sh qolishi natijasida kelib chiqadi. U

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin