г- ...
,
... .
Та lim qonunivatlandan kelib chiquvchi
Ta’lim tam oyillari
•
dastlabki, asos va qoidalar ta lim tamoyillari
deb ataladi. Zamonavoiy didaktikada ta’limning mazmunli va tashkiliy-
uslubik tamoyillari ajratiladi.
Ta ’lim ning m azm unli tamoyillari
ta’lim
mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlami aks ettiradi va
quyidagi muhim asoslarni o‘zida ifoda etadi:
- Ta’limning
ilmiylik tamoyili
ta’lim mazmunini zamonaviy fan va
texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos
kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil o ‘qitish jarayoni ta’lim oluvchilarni
obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar bilan tanishtirishga yo'nal-
tirilgan bo‘lishni talab etadi.
- Ta’limning
tarbiyalovchilik tamoyili
yaxlit pedagogik jarayonda ta’
lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim ja
rayonida har tomonlama barkamol rivojlangan
shaxsni shakllantirishni
ko'zda tutadi.
-
Ta 'limning tabiat bilan uyg ‘unligi tamoyili
ta’lim oluvchilarga ular
ning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu
bilimlaming ular uchun tushunarli bo‘lisbini ta’minlaydi. Tabiat bilan
uyg‘unlik g ‘oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi
ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
- Ta’limda
insonparvarlik tamoyilini
bolaning shaxs sifatidagi qadr-
qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta ’minlash, uni
rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi,
unga hayotda
o‘z o'rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolami nazarda tutadi.
- Ta’limning
tashkiliy-tislubik tamoyillari
muayyan ijtimoiy, psixo
logik va pedagogik talablarni inobatga olish bilan bogMiq bo‘lib, ularga
quyidagilar kiradi:
-
Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili
bilish
bosqichlarining obyektivligini anglatadi. Izchillik ta’lim mazmuni, uning
shakli
va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari b o ig an subyektlarning
o'zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis
- qisman) va xususiy o ’quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o ‘rtasidagi
bogTiqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida
ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Ketma-
ketlik u yoki bu o‘quv materialini o'zlashtirish sur’ati, uning elementlari
o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
197
-
Onglilik va ijodiy faollik tamoyili.
Bilimlarni ongli ravishda o ‘zlash-
tirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: ta’lim motivlari, ta’lim oluv-
chilarning
faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tash
kil etilishi, tarbiyachi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim uslublari va vosi-
talarining samaradorligi va boshqalar. Ta’lim oluvchilaming faolliklari rep-
roduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil ta’lim
oluvchilaming tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
-
Ko'rgazmalilik tamoyili
didaktikaning “oltin qoidasi” hisoblanib,
unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. K o‘r-
gazmalilikdan о‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni
o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlami
tashkil qilish hamda
bolalarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda
foydalanish mumkin.
-
Ta’limning tushunarliligi tamoyili
ta’lim oluvchilaming mavjud im-
koniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta’sir
etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab
etadi. Ta’limning tushunarliligi ta’lim oluvchilar egallab olishi zarur
bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma vamalakalari hajmini to‘g ‘ri aniqlashdir.
-
Ta ’limning bolalarningyoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi
tamoyili
ta’lim oluvchilaming yoshiga ko‘ra va individual yondashuvni
anglatadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy tuzilishi
ta’lim oluvchilaming yosh imkoniyatlaridan
ortda qolsa yoki ilgarilab
ketsa, о‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish
ta’lim oluvchilaming murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan
munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir boTadigan
ko‘p turdagi sharoitlami aniqlashni talab etadi.
-
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birligi
tamoyiliga
ko‘ra pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi
zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq boTsa, ta’lim-tarbiya
jarayoni, shaxsning toTiq va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa
samarasi ancha yuqori boTadi.
198