Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning
guruhli shakli
mash-
g‘ulotlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning
uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga
bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalarning o‘z xohish-istaklari,
umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin,
biroq ulaming o'zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya
etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan
pastroq o‘zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish
maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha
bo‘lishi mumkin. B a’zan mashg‘ulot birdaniga kichik guruhlarga
bo‘lingan holda o'tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday
tartibda joylashtirish haqida o ‘ylashi lozim. Har bir guruh a’zolari bir-bi-
riga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga
olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a’zolari
bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, o'zaro hamkorlikda topshiriqni
bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg‘ulotlarda hamma vaqt
tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo'lmaydi. M ashg‘ulotga doir topshiriq
hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mash-
g‘ulot berilgan topshiriqni o ‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning o‘quv
faoliyatini tashkil etishning
ommaviy
(frontal)
shakliga
ham alohida
zaruriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni
ko‘pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko‘rinishida amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, musiqa mashg‘ulotlari, sahna ko'rinishlarini namoyish
etish, o ‘yin-sayohatlar, san’at asarlari bilan tanishish va boshqalar.
Bunday mashg'ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi “emotsional
ta’sir ko'rsatisb" yaxshi samara beradi, bolaning o'z-o’zini namoyon eta
olishiga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: