Sh. Sodiqova



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/175
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173469
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Ta lim jarayonining
tuzilishi 
nmg muayy an tarzdagi bilish faoliyati xarak-
terlidir. Bu faoliyat pedagog tomonidan alo­
hida rahbarlikni talab etadi.
O'rganilayotgan materialni idrok qilish.
Ta’lim oluvchilaming o ‘rga- 
nilayotgan (yoki o ‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini 
tashkil etar ekan, pedagog ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik dara- 
jasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasaw u r hosil qi- 
lib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi.
O'rganilayotgan materialni fahmlab olish.
0 ‘rganilayotgan obyekt 
haqidagi umumiy tasaw ur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-se- 
kin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. 0 ‘qitishning bu 
bo‘g‘inining maqsadi ilmiy tushunchalami tarkib toptirishdir.
Bilimlarning mustahkamlanishi, k o ‘nikma va malakalarnining hosil
bo ‘lishi.
0 ‘quv materialini idrok etish va fahmlab olish jarayonida o'zlash- 
tirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
Bilim, ко ‘nikma va malakalarni amalda qo ‘Hash.
Bilim, ko‘nikma va 
malakalarni amalda qo‘Hash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini 
asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
Maktabgacha ta’lim yoshida o'quv faoliyatiga doir shart-sharoitlar 
tarkib toptiriladi, uning alohida unsurlari shakllantiriladi. Kichik maktab 
yoshida mashg'ulotlar jarayonida bolalarda o‘z faoliyatini tashkil etish 
maqsadini shakllantirish (ikki yoshdan uch yoshgacha), turli faoliyat 
usullarini o ‘zlashtirishga o ‘rgatish (uch yoshdan to‘rt yoshgacha) zarur. 
To‘rt yoshdan boshlab bola natijaga qarab aniq yo‘nalganlikni egallaydi. 
Pedagog bolalarni tinglash, tushunish, topshiriqni bajarish, bir-biriga
195


halaqit bermaslikga o'rgatadi, mashg‘ulotlar mazmuniga qiziqishni qo‘l- 
lab-quvvatlaydi, faollik va intilishni rag‘batlaydi.
Katta maktabgacha yosh davrida bolada quyidagi o‘quv faoliyati un- 
surlari shakllantiriladi:
1) faoliyat turi bilan bog‘liqlikda maqsadni va natijiga erishish usul- 
larini aniqlay olish;
2) namunaga muvofiq olinadigan natija bilan taqqoslashda namoyon 
bo‘ladigan o‘z-o‘zini nazorat qila olish;
3) oraliq natijalarga erishish jarayonida joriy nazoratni amalga oshira 
olish;
4) natijaga erishishga yo‘nalganlik bilan bog‘liqlikda faoliyatni reja- 
lashtira olish.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin