egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi,
olgan bilim va ко‘ш кта1 агт amalda qo‘llashga o ‘rgatiladi.
M ashg‘ulot o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, har qanday m ashg‘ulot
o ‘zida uchta tarkibiy qismni aks ettiradi: tashkiliy qism, mashg‘ulotning
borishi (jarayon) va yakuniy qism.
Tashkiliy qism
bevosita bolalarni m ashg‘ulotga jalb etish: ularning
e'tiborini amalga oshiriladigan faoliyatga qaratish,
bajariladigan ishga
nisbatan qiziqishni hosil qilish, jo'shqin kayfiyatni yaratish, о ‘quv vazi
falarini ochib berishga yo‘naltiriladi. Tushuntirish ishlari mohirona, bo-
siqlik bilan hamda emotsional tarzda olib boriladi. Tushuntirish va k o ‘r-
satish usullari asosida bolada qanday tarzda harakatlanish, ketma-ketlik-
da bajarish, natijaga erishishga doir oddiy ko‘rinishdagi
ish rejasi hosil
qilinadi.
Mashg'ulotning borishi
- belgilangan o ‘quv vazifalari bilan
bog‘liqlikda bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish bilan tugallanadigan
bolalarning mustaqil aqliy yoki amaliy faoliyati. M ashg‘ulotning maz
kur bosqichida har bir bolaning rivojlanish darajasi, idrok etish sur’a-
ti. fikrlashining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda ta’lim usullari indi-
viduallashtiriladi. Agar pedagogning aniq tushuntirib bera olmasligi
oqibatida о‘quv vaazifalarini bajarishda ko‘pchilikda
xatolar kuzatilsa,
hamma bolalarning diqqatini ommaviy jalb etish zaruriyati yuzaga keladi.
Tez va oson yodda saqlab qola oladigan, tahlil qila oladigan, pedagog
ko‘rsatmalari bilan o‘zining harakatlari, natijalarini taqqoslay oladigan
bolalarga nisbatan kam yordam ko ‘rsatiladi. Agar bolalarda vazifani
bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘Isa, maslahat berish,
qaytadan eslatib
o‘tish, yo'naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin. Pedagog har bir
bolaga o‘ylash, qiyin vaziyatlardan o ‘zi mustaqil chiqib keta olishiga
imkoniyat yaratadi. Ba’zi bolalarga qo‘shimcha tushuntirish, ko‘rsatish,
pedagogning bevosita yordami talab etilsa, boshqalariga og‘zaki
ko‘rsatma berish yetarli boiadi.
Pedagog har bir bolaning u nimani o ‘rganganligini ko‘rsatib beruvchi,
uning harakatlari dan guvohlik beruvchi natijalami olishiga harakat qiladi.
Natijaga erishish - mashg‘ulotdagi amaliy va о‘quv faoliyatining yaku
niy mahsuli. Bu esa, bolaning irodasini mustahkamlaydi, bilim va ko ‘-
nikmalarni egallashga qiziqishini oshiradi.
M ashg'ulotning yakunlanishi
bolalarning o‘quv faoliyati yuzasidan
xulosalar chiqarish va natijalarni baholashni o ‘zida aks ettiradi.
Olingan
205
natijaning sifati bolalarning yosh va individual xususiyatlari, o ‘quv
vazifasining murakkabligiga bog‘liqdir. Kichik guruhlarda pedagog
bolalami tahsinlaydi, tirishqoqliklari, topshiriqni bajarishdagi intilishlari
uchun ularni
maqtaydi,
ta’lim mazmuni bilan bog‘liqlikda ulardagi ijobiy
kayfiyatni oshiradi. 0 ‘rta guruhda bolalarning faoliyati, ularni topshiriqni
bajarishga munosabatlarini baholashda tabaqalashtirilgan yondashuvga
asoslaniladi. Bunday yondashuvni tadbiq etishdan maqsad bolaning o'quv
vazifasi mohiyatini tushunishi, pedagogning ko‘rsatmalariga e’tiborli
bo'lish, belgilangan ketma-ketlikda ishni
bajarish zaruriyatini anglab
yetishlariga erishishdir. Baho bolani o‘z muvafaqqiyatini, shu bilan birga
xato va kamchiliklarini ko‘ra olishga o ‘rgatadi. Katta guruhda bolalar o ‘z
faoliyati natijalarini baholash va o ‘z-o‘zini baholashga jalb etiladi.
„ , , .
.
. .
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar
Dostları ilə paylaş: