fermer, xususiy tadbirkor) faoliyati bilan tanishtirish paytida mazkur
uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun tarbiyachi
suhbat jarayonida foydalaniladigan savollami avvaldan tayyorlab olishi
zarur.
Shuningdek, ekskursiyajarayonidabolalarningfikriy faolligini qo‘llab-
quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-izlanishni rag‘batlovchi usul-
lardan foydalaniladi: bolalarga ular nimalarni o ‘ylayotgani, ularni nima
lar qiziqtirayotgani, ularning fikricha nima tushunarsiz ekanligi haqida
savollar beriladi; ular guvohi bo'layotgan obyekt, hodisaga mos she’r,
maqol, topishmoqni yodga tushirish so‘raladi.
Ekskursiya so‘nggidabolalarnim alam iko‘rganliklari, bilibolganliklari
haqida umumiy xulosalar chiqariladi. Bir nechta bolaga ularga nimalar
qiziqarli bo‘lganligi haqida gapirib berishni taklif etish mumkin.
Ekskursiyadan so 'ng amalga oshiriladigan ish
bilimlarni kengaytirish,
aniqlashtirish, tizimlashtirishga, ekskursiya jarayonida tug'ilgan his-
tuyg‘u, munosabatlarni mustahkamlashga yo'naltiriladi. Buning uchun
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) ekskursiya davomida to ‘plangan materiallar(tosh, yong'oq, na’ma-
tak va boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
2) bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida
badiiy asarlarga (kitoblar, musiqa, qo'shiq. amaliy san’at buyumlari)mu-
rojaat qilish;
3) kitob burchagida (“Bizning shahrimiz”, “Bizning bog1”, “0 ‘zbekis-
ton - serquyosh o ‘lka” albomlarini tuzish), tabiat burchagida (maketlar
tayyorlash, kolleksiyalar to‘plash, gerbariy tuzish) ishlash;
4) o'yinlarni (teatrlashtirilgan, didaktik, syujetli-rolli) tashkil etish;
5) m a’lum bir belgilangan mavzu yuzasidan amalga oshirilgan о ‘quv
ishining yakuniy qismi bo‘yicha umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: