Sh. Sodiqova


B) Amaliy D) Barcha javoblar to‘g ‘ri



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/175
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173469
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

B) Amaliy
D) Barcha javoblar to‘g ‘ri
221


X V I bob. 0 ‘YIN M A KTABG ACH A TA’L IM Y O SH ID A G I
BO LA L A R FAOLIYATINING A SO SIY TURI SIFATIDA
_ , . 

, , , 
О yin maktabgacha ta lim yoshidagi bola-
0 ‘ym m ng bolalar 



.


. . . larning asosiy faoliyati bo lib, u orqali bo-
fa“‘' L
F aS0S' 5’ 
staxs sifatida shakllanadi. 0 ‘yin bolaning
sifatidagi o‘ziga xoshgi 
ж ,,
kelajakdagi о quv, mehnat faoliyati, kishilar-
ga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. 0 ‘yin 
bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta’lim muassasasining 
ta’lim-tarbiya ishida, bolalami aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan 
tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. 0 ‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalar hayotida tutgan о 'm ini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga 
kelish mumkin:
1. 0 ‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati 
namoyon bo'ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o ‘rab tur- 
gan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining 
barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida 
aks etganjihatga o‘zm unosabatini bildirish imkonini beradi. B o l a - o ‘sib 
va rivojlanib boruvchi mavjudotdir. Harakat - uning to‘la-to‘kis o‘sib- 
ulg‘ayishining shartlaridan biri. Faol harakatlarga ehtiyoj o‘yinning 
barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o ‘yinchoqlar bilan o ‘ynaladigan 
didaktiko‘yinlarorqali to‘liqqoniqtiriladi. Shuningdek, o ‘yinlarbolaning 
muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga 
ega.
2. 0 ‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish 
shaklidir. Ilmiy asoslangan o ‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida 
bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat 
kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o ‘rin egallab, u 
eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni 
muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasaw u r qila olishi lozim. 
Shuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun 
tartibidagi boshqa tadbirlami cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin 
emas. Maktabgacha ta’lim muassasasi tayanch dasturida har kungi kun 
tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, m ashg‘ulotlar o ‘tkazish bilan 
bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. 0 ‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli 
sifatida kichik guruhdan boshlanadi. 0 ‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 
daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq
222


havoda, uyqudan keyin o ‘tkaziladi. Ertalab rolli o'yinlar, qurish-yasash, 
harakatli o'yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg'ulot o‘rtasida 
harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg'ulotning 
mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan 
foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o ‘yinlari, 
ertak bo'yicha qo'yiladigan o'yin, rolli, didaktik o'yinlar kiradi.
3. O 'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Peda­
gogika fani o'yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisob- 
laydi. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko'nikma 
va malakalari. harakat usullari, axloq m e’yorlari va qoidalarini, mulohaza 
va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengqurlari va 
kattalar bilan bo'ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari 
tarbiyalanadi.
4. O'yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O'yin 
jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib bora- 
di. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini 
o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganida kishilar mehnati, ularning 
aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini 
sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi 
bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik 
kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o'yin bolalardagi bilim va tasavvurlami 
mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to 'g 'ri rahbarligida uning tushun- 
chalari kengayadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-Vatanga, o 'z xalqiga, boshqa 
millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. 
O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo'ylik, o'zini tuta bilishlik, 
tashabbuskorlik kabi sifatlamitarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloq- 
ni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi mak­
tab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o'yiniga rahbarlik qilayotib, 
ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z 
xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan 
qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin