Maktabgacha ta’lim muassasalarida rasmning xilma-xil turlaridan
foydalaniladi: didaktik rasmlar, rassomlarning san’at asarlari, kitob grafi-
kasi, narsa-buyumlarni ifodalovchi rasmlar. Didaktik rasmlar maxsus
yaratilib, yil fasllari, hayvonot va o ‘simliklar dunyosi kabi seriyali taq-
dim etiladi. Bolalami madaniyat, san’at bilan tanishtirishda mashhur
rassomlarning san’at asarlaridan foydalaniladi. Badiiy asar qahramonlari,
voealar sodir bo'lgan mamlakat va shaharlar haqida m a’lumot beruvchi
kitob grafikasi (kitobdagi rasmlar)dan ta’limning ko‘rgazmali vositasi
sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi tomonidan narsa-buyum-
lami ifodalovchi rasmlar ham tanlanadi va mavzu doirasi bilan bog‘ liqlikda
(“0 ‘yinchoqlar”, “Transport”, “Hayvonlar” va boshqalar) ularni tasniflaydi.
Shuningdek, bolalami o‘qitishda harakatlar namoyishi, namuna
ko'rsatish kabi
ta'limning ko'rgazmali usullari&m
ham foydalaniladi.
Harakatlar namoyishi
ish usullari, ularni bajarish ketma-ketligini o’zida
ifoda etib, jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san’at, mehnat mashg‘-
ulotlarida qoTlaniladi.
Namuna ko'rsatish
usulidan tasviriy faoliyat,
mehnat, shu jumladan, qoT mehnatiga o ‘rgatishda keng foydalaniladi.
Tarbiyachi bolalami namunani tahlil etishga jalb etadi, ishni bajarish
bosqichlarini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: