Sh. Sodiqova



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/175
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173469
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

M aktabgacha ta’limda
qoilaniladigan o ‘yinlar
va ularni tashkil etish
uslubikasi
Maktabgacha ta’limda qo'llaniladigan bolalar 
o'yini o'zining mazmuni, xususiyati, tash kil 
etilishiga ko'ra xilma-xildir, umumlashtirgan 
holda, uni ikki guruhga tasniflash mumkin: 1) 
ijodiy o'yinlar; 2) qoidali o'yinlar.
223


Ijodiy o'yinlami bolalar o'zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgi­
langan qoidalar bo‘lmaydi. 0 ‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o ‘yin jarayonida 
belgilashadi. Ijodiy o‘yinlarga syujetli-rolli o'yinlar, sahnalashtirilgan 
o‘yinlar, qurilish-yasashga doir o'yinlar kiradi.
Syujetli-rolli o'yin
o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. 
Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin 
mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o'yinlarningo'ziga 
xosligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. 
Buning uchun albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha 
tasavvurga ega boTishi lozim. Masalan, bolalar “parovoz” o‘yinini 
o‘ynashmoqchi bo‘lishadi. Bunga o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida 
syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog‘liq 
bo‘ladi. Bolada aw al g‘oya tug‘iladi, keyin mazmuni rivojlanadi. Ba’zan 
bolalar o‘yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, 
ular orasidan kim “parovoz” bo‘lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi, 
qayerga borganda navbat almashishlarini oldindan kelishib olishadi.
Syujetli-rolli o‘yinlarda tarbiyachi yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiyachi 
bolalarning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy tomonlarini 
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo‘nalishda 
tarbiyalab borishi lozim. Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qi- 
lishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
1) bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilish va har 
doim kuzatib borishi lozim;
2) tarbiyachi bolalarning o‘yin davomidagi muloqotlari, xatti-harakat- 
larini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning 
qiziqishlari, xohish-istaklarini bilib olib, ularni to‘g ‘ri yoTga solish, ijobiy 
xususiyatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi;
3)
syujetli-rolli o‘yinlami o ‘ynash uchun 
m a ’lum jo y
ajratish lozim;
4) o‘yin jarayonida kerak bo‘ladigan o ‘yinchoqlarni bolalar mustaqil 
o‘zlari yasashlari uchun ularga kichkina yog‘och bo‘laklari, mix, loy, 
qog'oz. karton, bo‘yoq va kerakli asboblar - bolg'acha, qo‘1 arra, qaychi, 
pichoq kabilami berish kerak. Biroq o‘yinchoqlar yasash ustida ishlash 
faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi lozim;
5) o‘yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalarni o‘ynashga 
o‘rgatish usullaridan biridir. Tarbiyachi bolalarning rolli o‘yinlari mav­
zusini boyitibgina qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish
sto‘g ‘risida ham o‘ylashi kerak;
224


6) 
tarbiyachi hamma bolalarning o'yinga qatnashishlari ustida g‘am- 
xo‘rlik qilishi kerak. 0 ‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan 
kelisha olmay qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy 
echishga o'rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan о ‘yinlar
bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti 
asosida m a’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlaming 
aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo"lib. bolalarda iro- 
da, intizom, o ‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amal­
ga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sah­
nalashtirilgan o‘yinlami tashkil etish quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga 
qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asami 
tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada 
qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asaming nafaqat mazmuni, 
balki unda harakatlarning ham turfa xil bo'lishiga e’tibor qaratish lozim;
3) asar ifodali o'qishga mos bo'lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va 
emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning 
mazmunini o ‘qib berish.
III bosqich. Asaming bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: 
qayta o'qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual 
ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich. 0 ‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga 
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to’g'ri amalga 
oshirish.
Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga 
olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib borilishi maqsadga 
muvofiq. Masalan, o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi 
asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining 
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks 
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Bolalarning qurilish, buyum yasash o'yinlari rollarga bo'linib o ‘y- 
naydigan o'yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning 
o 'z fikrlarini ro ‘yobga chiqarish usulidir. 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin