fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi
hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya
qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qat-
nashtirish, kattalarga hurmat rahida tarbiyalash kabi ta'lim-tarbiya ish-
lari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning
yoshi, imkoniyatlari, o ‘ziga xos xususiyatlari e ’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari
ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari mak
tabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning
navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan
a w a l u qanday kiyinayotganini ko'radilar va bolalarining uquv va imko
niyatlari ga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hiso-
botida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bola
ning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang
bo'lib. unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etadi.
Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi to‘g‘ri-
sidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to'g'risida:
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumla-
sidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalaming
guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar
kechalari kabi ish shakllari jam oa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: