Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

ekologiya haftaliklarmmg
tutgan o ‘rni beqiyos. Chunonchi, 
har faslda bir marta ekologiya hafitaliklari o‘tkazilib, mashg‘ulotlardan 
tashqari tadbirlar tizimi amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berishda 
kuzatish
va 
tushuntirish
uslublaridan keng foydalaniladi. Maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalami ko‘rsatmali-timsolli fikrlashga o ‘rgatish, buning 
uchun bilib olish kerak bo‘lgan obyektlarni ko'rsatmalilik asosida va 
kuzatishga qulay tarzda taqdim etish, ayniqsa, tabiatning go'zaliiklaridan 
zavq olish vaziyatini tez-tez yuzaga keltirib turish, bilimlami shu yo‘llar 
bilan singdirish orqali ulaming aqliy rivojlanishiga erishiladi.
Bolalar tabiat bilan bir butun organizm darajasida tanishadilar. Eng 
avval ayrim o‘simliklar, hayvonlar, ularning yashash usullari bolaning 
idrok va faoliyat obyektiga aylanadi, Jonli tabiat obyektlarining tashqi 
muhit bilan aloqasi o‘quv-bilish mavzuyi bo‘lib qoladi: o‘simliklar 
oziqlanish uchun o ‘z ildizi bilan tuproq ichkarisiga kirib boradi, hayvonlar 
makonda joy almashtirib yuradi, ovqat topib yeydi va shu kabilar.
Ayniqsa, harakatlanadigan yorqin, rangin obyektlar maktabgacha yosh­
dagi bolalarda alohida, o'ta kuchli qiziqish uyg‘otdi, xotirasida timsollar 
qoldiradi. Ana shu obyektlar yordamida hayvonlar o;zlari yashab turgan 
muhitga moslashganliklari kuzatiladi. Masalan, qo‘y va sigir kabi uy 
hayvonlarining o‘t-o‘lanlar bilan ovqatlanishi ana shunday moslashuv 
oqibati ekanligiga yaqqol misol bo'la oladi. O'simlik va hayvonlaming 
ayrim ko‘zdan yana ham uzoqroq bo‘lgan bog‘liq jihatlari, bundagi 
o‘zgarishlami kuzatish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar fikrlashini 
ekologik yo‘naltirish, ularni tahlil qilish va solishtirish yo‘li bilan 
anglashga o ‘rgatish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tabiatning nafosatli 
namunalarini ko‘rsatgan, go‘zallikni idrok ettirgan, uning qismlarini 
o‘rgangan, sensor tekshiruv o‘tkazgan, tabiiy go‘zallikning turli xil o‘zaro 
bog‘liqligi va aloqadorligini tushuntirgan holda suhbatlar o‘tkazish katta 
nafkeltiradi.
Tabiat obyektlarini ко ‘zdan kechirish
jarayonida bolalarning kuzatish- 
larini boshqarish, olgan estetik-ekologik taassurotlari haqidagi avvalgi 
bilimlaridan foydalanish, yangilarini ketma-ket hikoya qilish yo‘li bi­
lan m a’lum qilish maqsadga muvofiqdir. Ekologik bilimlarga doir este- 
“tik tushunchalarni bolalar ongiga singdirish va ularni go‘zallikning eng
188


oddiy alifbosidan bahramand qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarni 
eshitilganlar yuzasidan estetik-ekologik mazmunda o‘zaro suhbatlashishga 
da’vat etish, qayta hikoya qilishni talab qilish zarur bo‘ladi. Ayniqsa, 
ekskursiya, sayr haqidagi hikoyalar mazmunli chiqadi.
Bolalarga jonli va jonsiz tabiatdagi har bir narsaning betakror go‘zallik 
ekanligini anglatish, his ettirish, kuzattirish, har bir narsaning o ‘ziga xos- 
ligini aniqlatish, ularning o ‘zaro munosabatda va o‘zaro aloqada ekanli- 
giga ishora qiluvchi belgilarini ajratish muhim rol o ‘ynaydi.
Tevarak-atrofni kuzatish, rasm solish jarayonida bola ranglami, to- 
vushlarni, makon va tabiat obyektining shaklini qabul qilishga o ‘rgana- 
di. Bu narsa go‘zallikni his etishga olib keladi. Tarbiyachining vazifasi 
shundan iboratki, u bolalarning aqliy kuch-g‘ayratini uyg‘otadi, tabi­
at go‘zalliklar hissini rivojlantiradi va tabiatga boTgan insoniy muno- 
sabatlarning axloqiy-estetik tomonlarini ko ‘rsatadi. Tabiatdan zavqlanish 
go‘zalliklami idrok etishda yorqin namoyon boTadi.
Bolalardan bog‘chaga kelishda va ketishda, ko‘cha-ko‘yda atrof- 
muhitga qanday zarar yetkazilayotganligini ko‘rganliklari haqida so‘zlab 
berish so‘ralishi, ya’ni 

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin