XIV bob. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
_ , ,
.
,
Ta’limni tashkil etish shakli deganda pe-
Boialarnmg o‘quv
,
, .
.
,
faoliyatini tashkil etish
va Ь° ' Т , 8
“ S
Г
faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma lum
S a
a n
bir vaqtda o‘tkaziladi. Ta’lim shakli bolalar
soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o ‘zaro ta’sir xususiyati, o ‘tkazishjoyi,
shuningdek, kun tartibida egallagan o ‘rniga qarab bir-biridan farqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning о ‘quv faoliyatini
tashkil etishning
uchta asosiy shakli mavjud:
individual, guruhli va ommaviy (frontal).
Bolalarning o ‘quv faoliyatini tashkil etishning har bir shakli didaktik
maqsadi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individual ish-
ga munosabati, pedagogik rahbarlik bilan bog‘liqlikda o‘ziga xos xusu-
siyatlari bilan farqlanadi.
Bolalarning о ‘quv faoliyatini tashkil etishning
individual shakli
o ‘zida bir qancha ijobiy jihatlami aks ettiradi: o‘quv faoliyati mazmuni,
uslubi va sur’atini t o ia individualashtirish imkoniyatining mavjudligi
hamda aniq bir masalani hal etishda ta ’ lim oluvchining har bir harakati
va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi kabilar. Biroq ta’lim-
ning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning tejamli
emasligi (bir guruhda yigirma nafar bola bo‘lsa, pedagog har biri uchun
20-25 minutdan vaqt sarflaydi. Demak, pedagog qariyb olti soat indivi
dual o ‘qitish bilan shug‘ullanadi); pedagog ta’sirining cheklanganligi
(pedagogning vazifasi bolaga topshiriq berish
va uning bajarilishini
tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan hamkorlikda ishlash imkoni-
yati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Biroq ba’zan o‘quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish
zaruriyati tug‘iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasal-
likka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ulami zarur bilim
va ko‘nikmalami
egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlami bosh-
qarishga qobiliyatlilikni rivojlantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, max
sus qobiliyatlar (rasm chizish, qo‘shiq aytish, matematikaga doir)ga ega
bolalar bilan ham individual tarzda mashg‘ulotlar olib borish talab etiladi.
Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta’lim olganlik darajasi,
bilim va ko ‘nikmalarni egallashdagi uzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash
uchun vaqt-vaqti bilan nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual
mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
201
Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning
guruhli shakli
mash-
g‘ulotlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi.
Buning
uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga
bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalarning o‘z xohish-istaklari,
umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin,
biroq ulaming o'zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya
etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan
pastroq o‘zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda
guruhni shakllantirish
maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha
bo‘lishi mumkin. B a’zan mashg‘ulot birdaniga kichik guruhlarga
bo‘lingan holda o'tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday
tartibda joylashtirish haqida o ‘ylashi lozim. Har bir guruh a’zolari bir-bi-
riga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga
olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a’zolari
bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, o'zaro
hamkorlikda topshiriqni
bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg‘ulotlarda hamma vaqt
tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo'lmaydi. M ashg‘ulotga doir topshiriq
hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mash-
g‘ulot berilgan topshiriqni o ‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning o‘quv
faoliyatini tashkil etishning
ommaviy
(frontal)
shakliga
ham alohida
zaruriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni
ko‘pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko‘rinishida amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, musiqa mashg‘ulotlari, sahna ko'rinishlarini namoyish
etish, o ‘yin-sayohatlar, san’at asarlari bilan tanishish va boshqalar.
Bunday mashg'ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi “emotsional
ta’sir ko'rsatisb"
yaxshi samara beradi, bolaning o'z-o’zini namoyon eta
olishiga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: