Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

Ta’lim а a on
Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga

!
jarayoni 
oshirishga ta’sir ko'rsatuvchi zaruriy, saba- 
qonuniyatlari 
, . 


, ... .

biy, о zgaruvchan aloqadorliklar yig indisi
ta 'lim qonuniyatlari
deb ataladi.
Ta’lim jarayonining quyidagi 
umumiy qonuniyatlari
mavjud:
- Ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyat­
ning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining 
rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasiga bog‘liq.
- Ta’lim mazmuni ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, 
ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, bolalarning yosh imkoniyatlari, 
ta ’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv 
yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq.
- Ta’lim sifati (samaradorligi) avvalgi bosqich mahsuldorligi va 
mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o ‘rganilayotgan material xususiyati 
va hajmi, ta’lim oluvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda 
bolalarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog‘Iiq.
- Ta’lim uslublari samaradorligi uslublami qo'llashda bilimlari va 
ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim oluvchilaming 
yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv 
jarayonini tashkil etishga bog‘liq.
- Ta’limni boshqarish mahsuldorligi ta’lim tizimida qayta aloqalaming 
intensivligi va tuzatish, ta’sir ko'rsatishlarning asoslanganliligiga bog'liq.
- Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi ta’limning ichki rag‘batlari 
(sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlariga
-bogTiq.
196


г- ... 

... . 
Та lim qonunivatlandan kelib chiquvchi
Ta’lim tam oyillari 

dastlabki, asos va qoidalar ta lim tamoyillari
deb ataladi. Zamonavoiy didaktikada ta’limning mazmunli va tashkiliy- 
uslubik tamoyillari ajratiladi. 
Ta ’lim ning m azm unli tamoyillari
ta’lim 
mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlami aks ettiradi va 
quyidagi muhim asoslarni o‘zida ifoda etadi:
- Ta’limning 
ilmiylik tamoyili
ta’lim mazmunini zamonaviy fan va 
texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos 
kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil o ‘qitish jarayoni ta’lim oluvchilarni 
obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar bilan tanishtirishga yo'nal- 
tirilgan bo‘lishni talab etadi.
- Ta’limning 
tarbiyalovchilik tamoyili
yaxlit pedagogik jarayonda ta’­
lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim ja ­
rayonida har tomonlama barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni 
ko'zda tutadi.
-
Ta 'limning tabiat bilan uyg ‘unligi tamoyili
ta’lim oluvchilarga ular­
ning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu 
bilimlaming ular uchun tushunarli bo‘lisbini ta’minlaydi. Tabiat bilan 
uyg‘unlik g ‘oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi 
ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
- Ta’limda 
insonparvarlik tamoyilini
bolaning shaxs sifatidagi qadr- 
qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta ’minlash, uni 
rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, unga hayotda 
o‘z o'rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolami nazarda tutadi.
- Ta’limning 
tashkiliy-tislubik tamoyillari
muayyan ijtimoiy, psixo­
logik va pedagogik talablarni inobatga olish bilan bogMiq bo‘lib, ularga 
quyidagilar kiradi:
-
Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili
bilish 
bosqichlarining obyektivligini anglatadi. Izchillik ta’lim mazmuni, uning 
shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari b o ig an subyektlarning 
o'zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis
- qisman) va xususiy o ’quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o ‘rtasidagi 
bogTiqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida 
ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Ketma- 
ketlik u yoki bu o‘quv materialini o'zlashtirish sur’ati, uning elementlari 
o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
197


-
Onglilik va ijodiy faollik tamoyili.
Bilimlarni ongli ravishda o ‘zlash- 
tirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: ta’lim motivlari, ta’lim oluv- 
chilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tash­
kil etilishi, tarbiyachi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim uslublari va vosi- 
talarining samaradorligi va boshqalar. Ta’lim oluvchilaming faolliklari rep- 
roduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil ta’lim 
oluvchilaming tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
-
Ko'rgazmalilik tamoyili
didaktikaning “oltin qoidasi” hisoblanib, 
unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. K o‘r- 
gazmalilikdan о‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni 
o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlami tashkil qilish hamda 
bolalarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda 
foydalanish mumkin.
-
Ta’limning tushunarliligi tamoyili
ta’lim oluvchilaming mavjud im- 
koniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta’sir 
etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab 
etadi. Ta’limning tushunarliligi ta’lim oluvchilar egallab olishi zarur 
bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma vamalakalari hajmini to‘g ‘ri aniqlashdir.
-
Ta ’limning bolalarningyoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi
tamoyili
ta’lim oluvchilaming yoshiga ko‘ra va individual yondashuvni 
anglatadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy tuzilishi 
ta’lim oluvchilaming yosh imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab 
ketsa, о‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish 
ta’lim oluvchilaming murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan 
munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir boTadigan 
ko‘p turdagi sharoitlami aniqlashni talab etadi.
-
Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birligi
tamoyiliga
ko‘ra pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi 
zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq boTsa, ta’lim-tarbiya 
jarayoni, shaxsning toTiq va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa 
samarasi ancha yuqori boTadi.
198



Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin