Izoh: Qo’shimcha adabiyotlar boshqa ilmiy kutubxonalarda mavjud.
Elеktrоn tа’lim rеsurslаri: 1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www.edu. uz
5. tdpu - INTRANET. ped.
Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur sharoitni yaratish – o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish uchun jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish (vaqtni tejash, kam kuch va mehnat sarflanishini, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xizmat qiladigan axborotlar sifatini oshiradi).
2. Qulay ish o‘rni (zamonaviy texnik va texnologik jihozlar, qulay ish vaqti, samarali metod, usul va vositalar, o‘qituvchining ishchanlik qobiliyatini uzoq vaqt saqlashga xizmat qiladigan mehnat sharoiti)ni yaratadi.
3. Pedagogik faoliyatning samarali, qulay shakl, metod, usul va vositalarini tanlash.
4. Pedagogik faoliyat sur’atini oshirish.
5. O‘qituvchi mehnati va dam olishining samaradorligini ta’minlash (o‘qituvchi mehnati samaradorligini oshirish, salomatligini saqlashga xizmat qiladigan oqilona rejimni belgilash).
6. Ish o‘rnini shovqindan himoyalash.
7. Pedagogik faoliyat jarayonida aqliy va jismoniy mehnatning o‘zaro almashishini ta’minlash.
8. Pedagogik faoliyatda jismoniy va ruhiy zo‘riqishni kamaytirish, tushkunlikka tushishning oldini olishga yordam beradigan turli murakkablikdagi vazifalarning bajarilishiga erishish.
9. Pedagogik faoliyat mazmunini oshirish yo‘li bilan uning monoton (bir xil) bo‘lishining oldini olish va bartaraf etish.
10. Pedagogik faoliyat sur’atining kun davomida bir xil sur’atda bo‘lishini ta’minlash.
ILOVALAR
FAN DASTURI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI