Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat


O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə68/154
tarix11.09.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#142669
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Pedagogik mahorat-Majmua-2023 (2)

12.3. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar

bilimini nazorat qilishi


O‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O‘quvchilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin.
Bunda pedagogik tashxis, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, yig‘ish va statistik ma’lumotlarning tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni o‘z ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda o‘quvchilar o‘zlashtirishlarining tashxisi, ular tomonidan erishilgan yutuqlarning darajasi sifatida qayd etish ekanligiga e’tiborni qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, ta’lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni o‘z vaqtida aniqlanishidan iborat bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o‘qish jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda o‘quvchini ob’ektiv baholash asosida unda adekvat ravishda o‘z-o‘zini baholash imkoniyati tug‘iladi va o‘z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd etiladi. Shu nuqtai nazardan o‘quvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini nazorat qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik tizimlarida, ularda bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqoniyligini samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va takomillashtirish ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masalaning yechimi o‘qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy bo‘lishida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan.
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qilish faqat mutaxassis–o‘qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday texnologiyalarni monitoring tizimida joriy qilishda pedagogik jarayon ishtirokchilarining axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga erishish zarur.
O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish, shu asosda o‘quvchilarga samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, kompyuter nazoratining asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‘zaro, shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha yondashuvlarni amalga oshirish hamda o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad o‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
O‘quvchilar bilimini kompyuter texnologiyalari orqali o‘qituvchi tomonidan nazorat qilishning quyidagi vositalari mavjud:

  • nazorat funksiyasi;

  • o‘qitish;

  • tashxis;

  • bashorat;

  • rivojlantiruvchi;

  • yo‘naltiruvchi;

  • tarbiya qilish.

Bular ichida eng muhimi – nazorat funksiyasi bo‘lib, o‘quvchilar erishgan bilim, ko‘nikma va malakalarning darajasini, ularning bilish faoliyati bo‘yicha yondashuvlarini, bilimlarni o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra ularning aqliy faoliyatlari rivojlanish darajasini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Uning ikkinchi muhim vazifasi o‘qitish bo‘lib, u o‘quvchi erishgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni takomillashtiradi, uning tizimliligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Bunday nazorat jarayonida o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni qaytarish va mustahkamlash bilan shug‘ullanadilar. Bilimlarni kompyuter texnologiyalari asosida tekshirish, o‘rganilayotgan materialdan asosiysini ajratib olish, shuningdek, erishilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmunini aniqlash imkoniyatini beradi.
Nazoratning uchinchi – tashxis qilish vazifasi, o‘quvchilarning o‘zlashtirayotgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi kamchiliklar, yetishmovchiliklar, xatolar haqida, xatolarning soni hamda xarakteri haqida ma’lumot olishga yordam beradi. O‘qitish jarayonida tashxis qilish orqali nazorat ma’lum darajada ta’limning samarali metodikasini tanlashga yordam berishi bilan muhim sanaladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda, uning bashorat etuvchi vazifasidan, ya’ni, ta’lim-tarbiyaviy jarayon haqida, uning kelajagi, oldindan ko‘ra bilish mumkin bo‘lgan holatlari to‘g‘risida axborotlarni oladi.
U o‘quv jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv materialining ma’lum qismi bo‘yicha mo‘ljallangan aniq bilim, ko‘nikma va malakalar yetarlicha shakllangani, yoxud shakllanmaganligini bashorat qilish asosida nazorat olib borish imkoniyatini beradi. Ma’lum ilmiy bashorat bo‘yicha erishilgan natijalar o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlari modelini yaratish uchun qo‘llaniladi. Bunday bashorat o‘qituvchining kelajakda o‘qitishni rejalashtirish va amalga oshirish uchun aniq xulosalar olishiga yordam beradi.
Bilimlarni nazorat qilishning rivojlantiruvchi vazifasi, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan faolliklarini, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshiriluvchi nazorat jarayonida o‘quvchilarda nutq, xotira, diqqat, tasavvur, iroda va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanishi yaqqol seziladi. Nazorat qilishning rivojlantiruvchi vazifasi, shaxsning qobiliyati, moyilligi, qiziqishlari va ehtiyojlari kabi xususiyatlarining shakllanishiga ta’sir qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‘quvchilar erishayotgan bilimlarni nazorat qilishda uning yo‘naltiruvchi vazifasi ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi uning mohiyatini, alohida o‘quvchi yoki butun guruh tomonidan o‘qitishning maqsadiga qay darajada erishilganligi, ya’ni o‘quv materiali qanday miqdorda va qanchalik chuqur o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunday nazorat tufayli o‘qituvchi yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni va kamchiliklarni o‘rganib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda qanday yondashuvlarga urg‘u berish lozimligini anglab oladi. Nazoratning yo‘naltiruvchi vazifasi o‘quvchining turli xususiyatlari bo‘yicha o‘z o‘zini yaxshi bilishga, o‘zi erishgan bilimlari, qobiliyati va imkoniyatlarini anglash va odilona baholashiga katta yordam beradi.
O‘quvchilarni nazorat qilishning yana bir muhim va
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin