|
|
səhifə | 4/5 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 102,64 Kb. | | #168671 |
| O\'zbekiston tarixi 3 fan (2)sillabus
Internet manzillari
1. www.pedagog.uz
2. www.edu.uz
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 90-100 bal olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning moxiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;
mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa meyoriy-xuquqiy xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;
tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
б) 70-89 bal olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;
fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;
fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa meyoriy xujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.
в) 60-69 bal olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;
bayon qilish ravon bo‘lmasa;
fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |
|
|