Shajarayi turk


Uyg‘ur eli – ma’nosi “yopishg‘ur”. Qoraxonning o‘g‘li O‘g‘uzxon bir elni birlashtirib, shunday atagan. Xalaj eli



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#112102
1   2   3
“Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar

Uyg‘ur eli – ma’nosi “yopishg‘ur”. Qoraxonning o‘g‘li O‘g‘uzxon bir elni birlashtirib, shunday atagan.
Xalaj eli – bu so‘z aslida “Qol, och” (tarixiy voqea asosida) shaklida bo‘lib, talaffuzda Qoloch, Xalaj tarzida o‘zgarishlarga uchrab kelgan.
O‘rmanqit eli – “bu elning yurtlari qalin yag‘ochning ichinda turur. Aning uchun O‘rmanqit ot qo‘ydilar” [1; 38].
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,turkiy xalq uzoq shakllanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Bu taraqqiyot davomida turk ulusi turli xalqlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatib, nafaqat o‘zining, balki o‘sha xalqlarning ham rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatgan.
Etnonimlarning etimologiyasi masalasi tilshunos, tarixchi hamda etnograflarning hamkorlikdagi tadqiq obyekti bo‘lgandagina bu borada siljishga erishish mumkin.
"Shajarayi Turk", "Shajarai turk va moʻgʻul" ("Turkiy xalklar va moʻgʻullar shajarasi") — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan. "SH.t." 13— 17-asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. "SH.t." Abulgʻoziy Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay qolgan boʻlsada, uning oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) topshirigʻiga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. "SH.t."ning yozilish sababi muallif tomonidan quyidagicha izohlangan: "Ammo bizning otaaqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk". Asar moʻʼjaz muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.
"SH.t."ning 7, 8 va 9boblari (1644-yilgacha kechgan voqealar) Abulgʻozixon tomonidan yozilgan. 1, 6boblar va 9bobning davomi (1644—64) Mahmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tarafidan bitilgan. "SH.t."da koʻplab etnografik hamda Xorazmning ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga doyr maʼlumotlar bor. Asarning bizgacha yettidan ortiq qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan, ular Toshkent, Ashxobod, Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanmoqda.
"SH.t." omma tushunadigan tilda va ommabop usulda yozilganligi bilan ajralib turadi. Hodisalar bayonidagi ixchamlik, ifodaning izchilligi, voqealarni latifa va rivoyat uslubida sodda, ravon tasvirlash asarning muhim tomoni hisoblanadi. Manba grammatik qurilishi, lugʻat tarkibi nuqtai nazaridan xalq soʻzlashuv tiliga yaqin turadi. Abulgʻozixon "SH.t."ni yozishda ilgari bitilgan bir nechta tarixiy asarlar, xususan, Rashiduddinning "Jomeʼ uttavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma"sidan kerakli oʻrinlarda unumli foydalangan. Mazkur asar rus, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.
Abulg’ozixon o’zining «Shajarayi turk» asarida Xiva xonlarining tashqi siyosati, hamda chet davlatlar bilan aloqalari haqidagi muhim ma’lumotlarni bayon etadi.
Asarda tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar ko’p o’rinlarda eslatiladi. Unda shoh Ismoil vafotidan so’ng Xiva-Eron munosabatlari nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Jumladan, Buchg’axon hukmronligi davrida shoh Tahmaspning xonlikka elchi yuborganligi haqida berilgan ma’lumot diqqatga sazovor:
«MEN XONG’A O’G’UL BO’LAYIN DEYTURURMAN. TEMURBIY ChINGIZXON AVLODINA KUYoV BO’LDI ERSA, HANUZGAChA ANI TEMUR KO’RAGAN DEYTURURLAR. MEN HAM ChINGIZXON AVLODINA KO’RAGAN BO’LMOQNI KO’NGLIM IZLAY TURUR. TO XUNKORDEK ULUG’ DUShMANIM AYTQAY KIM ShOH TAHMOSIB O’ZBEK PODShOHINING QIZIN OLDI; YaXShI YaRAShDI».
Bundan Eron shohining Buchg’axon jiyaniga uylanib o’rtadagi aloqalarni nikoh munosabatlari bilan mustahkamlashga intilishida siyosiy maqsad ko’zlanganligi, Eron shohining Amir Temurning Chingiziylarga kuyov bo’lgani kabi Xorazm xoniga kuyov bo’lmoqchi ekanligi bu davrda Xiva xonligida xon hokimiyati nisbatan mustahkam ekanligi ko’rinadi.
Dinmuhammadxon davrida vaziyat birmuncha o’zgaradi. Asarda Abulg’ozixon «Dinmuhammadxon bir erda farog’at turqudek kishi ermas erdi. Hamisha qizilboshni chopdi. Ul sababdin Shoh Tahmosib lashkar yubordi» deya qayd etadi.
Xiva xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) davrida Eron saroyi bilan o’zaro aloqalar va yozishmalar ayniqsa, kuchayib, nisbatan muntazam tus oladi. Bu davrda Xivaning Buxoro xonligi bilan keskinlashgan munosabatlari Xiva-Eron siyosiy aloqalarning mustakamlanishiga xizmat qilgan. Chunki, Abdullaxon II singari kuchli raqibga qarshi kurashda bir tomondan kuchli ittifoqchiga ega bo’lish, yoki hech bo’lmaganda, ikki davlat o’zaro urushayotgan davrda uchinchi davlatning betarafligini ta’minlash zarur edi.
XVII asr boshlarida o’zaro sulolaviy kurashlar Buxoroda bo’lgani singari Xiva xonligida ham avj oldi.
Hojimxondan so’ng taxtga o’tirgan Arab Muhammadxon va uning o’g’illari Elbars va Habash sultonlar o’rtasidagi ziddiyat hokimiyat uchun jiddiy kurashlarga aylanib ketgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, tashqi siyosatda Xiva xonlari Eron shohlari bilan barqaror bo’lmasa-da har qalay doimiy aloqalarni saqlab qolganlar va bunday munosabatlardan o’z navbatida, Eron shohlari ham manfaatdor edilar.
Ma’lumki, xonliklar davrida rus davlati bilan ham aloqalar o’rnatilgan edi. Ularning aksariyati, asosan XVII asrning oxiri hamda XVIII asrda amalga oshirilganligiga qaramay, albatta bu davrgacha ham O’rta Osiyo xonliklari va rus davlati o’rtasida o’zaro savdo munosabatlari shakllangan edi. «Shajarayi turk» asarida bunday savdo aloqalari haqida deyarli ma’lumot keltirilmagan. Faqatgina bir o’rinda «Biz dunyog’a kelgan yilining avval bahorinda o’n etti kishi o’rusg’a savdog’a ketar» deyiladi. Biroq bundan Rossiyadan xonlikka qanday mahsulotlar keltirilishi yoki olib borilishini tushunish qiyin.
Buxoro xonligi bilan munosabatlarda esa «Shajarayi turk»da asosan urushlarning sabablari, qay tarzda kechganligi, natijalari bayon etiladi. Masalan, Ubaydullaxonning Xivaga yurishiga o’sha davrda Xiva xonligidagi o’zaro ichki kelishmovchiliklar sabab bo’lganligi, Ubaydullaxonning qulay vaziyatdan foydalanib Abulxayrxon o’g’illari Toshkentda Baroqxon, Samarqandda Javonmardxon, Hisordan Mamza Mahdiyning nabiralari bilan ittifoq tuzib yurish qilganligi haqida ma’lumot berilgan. Abdullaxon II ning Xivaga yurish qilishi haqida esa «Abdullaxon ikkinchi kelganining zikri»da yurishning uch sababi sanab o’tiladi.
Abulg’ozi Bahodirxonning asarida Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot, xalqning turmush kechirishi, xonlikdagi soliq tizimi, xonlar faoliyatidagi o’ziga xos ijobiy tomonlar va ba’zi xatolar, o’zaro ichki va tashqi kelishmovchiliklar va urushlar haqidagi ma’lumotlarni batafsil yoritishga harakat qilingan. Tashqi siyosat masalalari yoritilayotganda esa, asosan Xiva xonligining siyosiy va harbiy aloqalari qayd etiladi. Biroq Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo munosabatlari haqidagi ma’lumotlar juda oz. Abulg’ozixon yashagan davrda turli nizolarning ko’payganligi balki muallifni ko’proq siyosiy jihatga e’tibor berishga undagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsa-da asarni o’rganish Xiva xonligining tashqi aloqalari haqida yaxshi tushunchaga ega bo’lish imkonini beradi.

Adabiyotlar:

  1. Abulg‘oziy. Shajarayi turk. T.: Cho‘lpon. 1992, 187 – B.

  2. Begmatov E. Mustaqillik va toponimiya. O‘zbek tili va adabiyoti // 2009, 5-son. 9-12-b.

  3. Qorayev S. Toponimika. Toshkent, 2006.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin