Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 878 October, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan
unumli foydalanish. Ochiq darsdan so„ng 2-3 kun o„tgach o„quvchilarning shu
darsdan olgan qoldiq bilim ko„nikmasini aniqlash uchun sinov o„tkaziladi. Sinov
natijalaridan ochiq darsning yakuniy muhokamasida foydalaniladi.
Dars boshlanishdan oldin o„quvchilar yo`qligida direktor, direktorning
o„rinbosari, muhandis-pedagog rahbari yoki metodik komissiya raisi dars
qatnashchilariga ularning nimaga e‟tibor berishlari kerakligini taminlab darsning
maqsad hamda vazifalari haqidagi guruhning xususiyatlari to„g`risida axborot beradi.
Ochiq darsga qo‘yiladigan talablar - ochiq dars ta‟lim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy
barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri bo„lishi kerak. Dars
stsenariyasida darsning ilmiy axamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan
mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining o„rni, mavzu bo„yicha ilmiy muammolar
borligi aks ettirilishi lozim:
- darsning metodik optimalliliga o„qitishning texnikaviy vositalarning to„g`ri
tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak.
- dars shaklidan qat‟iy nazar, maqsad o„quvchini mustaqil fikrlash va mustaqil
tahlil olishga yo`llash o„quv jarayonining asosiy omili ekanligini ko„zda tutish zarur:
- ochiq dars o„qituvchining o„quv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi
bo„lib, uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini ko„rsatish lozim.
Ochiq darslarni tayyorlash O„qituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga e‟tibor berishi kerak:
- dars vaqtini optimal rejalashtirish - manbalarni chuqurlashtirish
- shu darsdagi guruh o„quvchilarining o„zlariga xos imkoniyatlarini hisobga
olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avvl olgan bilimlarning ko„nikma darajasini
bilish)
- dars berishning uslub va vositalarini to„g`ri tanlash
- iqtidorli yoshlarga chuqur ta‟lim berish tarbiyalariga javob berish:
- ochiq dars mavzusini shunday tanlash o„qituvchilarining pedagogik
mahoratini, metodik ta‟limini va dars o„tish vositalarini aniq ko„rsatish.
- ochiq dars tayyorlanish davrida o„qituvchi ilmiy-metodik izlanishi,
ko„rgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi
kerak. Bu o„qituvchilarda tahlil olishga qiziqish uyg`otib, zamonaviy yutuqlardan
bexabar bo„lish imkoniyatini yaratadi.
- dars stsenariyasida belgilangan vaqt davomida o„qituvchi
va o„quvchini kerakligini aniq ko„rsatilishi kerak.