Shaklida o„tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi


 Darsning metodik qo‘llanmasi



Yüklə 334,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix06.09.2023
ölçüsü334,89 Kb.
#141807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ochiq-darslarni-o-tkazish-va-ochiq-darsni-tahlil-qilish-metodikasi

3. Darsning metodik qo‘llanmasi. 
Ochiq dars muhokamasida ko„rsatilgan ijodiy takliflar bilan boyitilgan holda 
qayta ishlab chiqiladi, ta‟lim muassasasi metodik kengashi tomonidan 
tasdiqlangandan so„ng ommalashtirishga tavsiya qilinadi.
Ochiq dars, barcha darslardek doimiy ishchi sharoitda o„tkaziladi. Ochiq 
darsga tashrif byuruvchilar, o„qituvchi va o„quvchilarga xalaqit qilmaslik uchun, o„z 
o„rinlarini avvalroq egallaydilar. Ochiq darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida 
va o„quvchilar oldida hech narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan 
o„qituvchi hamda o„quvchilarning harakatlarini o„rganib turadilar. 
Ochiq darsga tashrif buyurganlar muallifning oldiga qo„ygan 
maqsadigan qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va o„z 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 10 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
880
 
October, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
fikrlarini tashrif varaqalarida qayd qilib beradilar. Ochiq dars o„tkazilgan kuni darsni 
tahlil qiluvchilar o„z fikrlarini o„zaro muhokama qilib, qaror bayonnomasini 
tayyorlaydilar. Ochiq darsdan so„ng 2-3 kun o„tgach, ochiq dars mavzusi bo„yicha, 
o„quvchilarning qoldiq bilim (ko„nikma) darajasi sinov orqali aniqlanadi.
Ochiq darsning muhokamasi va tahlili 
1. Ochiq darsning tahlili, unda qatnashgan o„quvchilarning qoldiq bilim 
darajasi aniqlangandan so„ng o„tkaziladi.
2. Ochiq darsning tahlili kafedrada ta‟lim muassasasi ma‟muriyati ishtirokida 
o„tkaziladi.
3.Muhokamaning maqsadi-darsni to„g`ri o„tkazilganligini baholash, tanlangan 
uslub va vositalarning muvofiqligini aniqlash, muallifga u tanlagan ayrim uslub va 
vositalardan foydalanishning samaradorligini ko„rsatish.
4. Muhokama quyidagi tarkibda o„tkazilishi tavsiya qilinadi:
- darsni olib borgan o„qituvchi:
- dars tahlilida ishtirok etgan o„qituvchilar:
- kafedra a‟zolari:
- ta‟lim muassasasi ma‟muriyati, o„quv va metodik ishlar bo„yicha ma‟sul 
xodimlar:
5.Muhokama ishtirokchilari to„liq fikrga ega bo„lishi uchun, dars muallifiga 
birinchi so„z beriladi. Muallif darsning maqsadi va unga erishi uchun qo„llangan 
uslub va foydalanilgan vositalar haqida aniq ma‟lumot beradi.
6. Muhokamada so„zga chiquvchilar darsning barcha yutuq va kamchiliklarini 
to„liq ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erishilgan yutuq, qo„llanilgan 
uslublarning samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga 
alohida e‟tibor berilishi zarur. Muallifning kelgusidagi ishida yordam berish uchun, 
barcha yo`l qo„yilgan kamchiliklar va ortiqcha harakatlar aniq ko„rsatilishi kerak.
7. Muhokamada so„zga chiqqanlar, tahlil qilingan metodik majmuaning 
tarbiyaviy tomonini, o„quvchilarda mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantirishga 
ta‟sirini, ular orqali kelgusidagi mutaxassisga kerak bo„lgan sifatlarni 
shakllantirishdagi o„rin haqida fikr bilidirishlari kerak.
8. Muhokama oqilona va do„stlarcha vaziyatda fikr almashish, baxslashish 
sharoitida o„tishi lozim.
9. Muhokama oxirida muallifga yana so„z beriladi.

Yüklə 334,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin