Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 297
w www.oriens.uz 2021 February yirik xalq tashkiloti sifatida namoyon bo`ladi. Ushbu maqolada mavzuga doir
adabiyotlar tahlili asosidagi ilmiy asoslarimizni tahlil va natijalarda ifodalab o’tdik.
Tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslari boʻlib, huquqiy fanlarda ilmiy metodlar
bo’lgan ilmiylik, xolislik, tizimlilik (sistemalilik), determinizm tamoyillari, xronologik
uslub, huquqiy taqqoslash uslubi, induksiya-deduksiya va boshqa usullar qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning
zamonaviy konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining rivojlanishini olimlar tomonidan
ma’lum bosqichlarga bo`lingan holda tahlil qilingan bo’lib, ularga birma-bir to’xtalib,
tadqiqotimiz doirasida o’z fikrlarimizni asoslab o’tamiz. Ko’pgina olimlar yurtimizda
siyosiy partiyalar shakllanishini uch bosqichga bo’lib o’rganishgan:
Birinchi bosqich (1991-1996)
Bu davrda
avvalo
siyosiy partiyalar faoliyatining
huquqiy asoslarini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston
Respublikasining “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi
qonuni tashkil etgan. [4].
Ushbu davr mobaynida, ya’ni, 1994 yilda o`tkazilgan saylovlar va jamiyat siyosiy
hayotida siyosiy partiyalar yuqoridagi huquqiy manbalar asosida ilk bor ishtirok etdilar.
Ikkinchi bosqich, (1996-2007) Bu davrda eng muhim jihati 1996 yil 26 dekabrda
“Siyosiy partiyalar to`g`risida” maxsus qonunning qabul qilinishi bilan bog’liqdir.
Ushbu qonunning qabul qilinishi siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini
yanada mustahkamladi. Mazkur qonunda ilk marotaba siyosiy partiyaga huquqiy ta’rif
berildi. Xususan, qonunning 1-moddasiga ko`ra, “siyosiy partiya - qarashlari,
qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining
davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga
intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda
qatnashuvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ko`ngilli birlashmasidir”[5].
Ikkinchi bosqichning asosiy jihatlaridan yana biri bu – 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy