Shakllanishi


Til    o‘rgatish    tizimini    kompyuterlashtirish



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
komp ling

Til    o‘rgatish    tizimini    kompyuterlashtirish–  bunda    asosiy    e’tibor 

avtomatlashtirilgan  o‘quv  kurslarini  vujudga  keltirishga  qaratiladi. Ular  oliy  va  

o‘rta-maxsus  ta’limda,  maktablarda  til    o‘qitishni    optimallashtirishning  

psixologik-kibernetik, 

semiotik, 

lingvostatistik, 

injener-lingvistik 

va  


lingvodidaktik asoslarini  ishlab  chiqishga  yo‘naltirilgan.  

Bugungi    shiddatkor    zamonda    ham    til    o‘rganish    shaxs    kamolotining  

muhim    jihati    sifatida    e’tirof    etilmoqda.  Prezidentimizning    2012-yil    10-

dekabrdagi    “Chet  tillari  o‘qitishni  takomillashtirishning  chora-tadbirlari  

to‘g‘risida”gi, 2014-yil 6-fevraldagi “Yoshlarga  doir davlat siyosati to‘g‘risida”gi 

qarorlari    mamlakatimizda  chet  tillarini  o‘rganishning  yangi    davrini    boshlab  

berdi.   

Ta’lim  jarayoniga,  ayniqsa,  til  o‘qitishga    kompyuter    texnologiyalarining  

joriy  etilishi  XX  asrda juda  katta  masala  bo‘lib qoldi, chunki  XXI  asrga  kelib 

axborot asrida kompyuter texnologiyasidan quyidagi  maqsadlarda  til  o‘qitishda  

keng  foydalanish  yo‘lga  qo‘yildi: 

a) ona tili sifatida o‘zbek tilini, chet tili sifatida o‘zbek tilini va chet tillarini 

o‘qitish jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanish

b) kompyuter  dasturlaridan  tilning  grammatikasi, fonetikasi  va  leksikasini  

o‘qitishda  foydalanish; 

v) o‘zbek tili va chet tillari bo‘yicha olingan  bilimlarini baholash maqsadida 

kompyuter dasturidan foydalanish  kabilar. 

Axborot    texnologiyalari    asri    o‘zbek    tilini    o‘rgatishga    ham  doir  

kompyuter  dasturlarining  mukammal  namunalarini  yaratish  zaruriyatini  taqozo  

qiladi.  

Til  o‘rgatishda  quyidagi  kompyuter  dasturlarini  qo‘llash  mumkin: 



 

 

19 



1. Taqdimot  texnologiyasi. 

2. Elektron  multimediya  darsligi. 

3. Elektron  ensiklopediya. 

4. Elektron  lug‘at.  

5. O‘rgatuvchi  audiodasturlar. 

6. Universal  test  dasturi. 

7. Elektron  virtual  kutubxona. 

8. Masofaviy  ta’lim.  

Til 

o‘qitish 



jarayonini 

avtomatlashtirish 

o‘zining 

samaradorlik  

ko‘rsatkichining yuqori  ekanligi  bilan  ahamiyatlidir.   

   Til  o‘qitish  maqsadida  yaratilgan  kompyuter  dasturlari  ham  aynan  shu  

jarayonga  xizmat  qiladi.  Ona  tili  sifatida o‘zbek tilini, chet  tili sifatida o‘zbek  

tilini  va  chet  tillarini o‘qitish  jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanishda 

lingvistik ta’minot asos  vazifasini  o‘taydi. 

O‘zbek  tilini  chet  tili  sifatida  o‘rgatuvchi  kompyuter    dasturlarining  

yaratilishi  uchun  quyidagi  talablar  qo‘yiladi: 

 1. Grammatikaning  o‘zlashtiriladigan  mavzulari  bir  necha  bosqichlarga  

bo‘linishi. 

 2.    Universal,  bugungi    kun    talablariga    javob    bera    oladigan    imlo    va  

tarjima  lug‘atlarini  yaratish. 

  3.  Dastlabki  dastur  namunasidagi  bosqich  shunday  tuzilishi  kerakki,  u  

o‘zida  eng  sodda  ma’lumotlarni  aks  ettirsin. 

 4.  Dasturda    o‘zbek    tili    fonetikasi    va    leksikasi    haqidagi    tasavvurlarni  

shakllantirishda, albatta,  audio  va  video  vositalar  o‘z  aksini  topgan  bo‘lishi  

kerak.   

O‘zbek    tilini    milliy    til    sifatida    o‘rganuvchilar    uchun    o‘zbek    tilidagi  

dasturlarning  ahamiyati  sifatida  quyidagilarni  qayd  etish  mumkin:   

 Til  savodxonligi  oshirish. 

 O‘z   ona  tili  imkoniyatlarini  chuqur  o‘rganish  orqali  boshqa  tilni  

o‘rganish  jarayonida  yuqori  samaradorlikka  erishish. 



 

 

20 



 Xorijiy    til    dasturlarini    ishlash    tizimi    va    mohiyatini    anglash  

ko‘nikmalarini  shakllantirish. 

Biroq  til  dasturlarini  yaratishdan  avval  bir  qator  masalalarni  hal  qilish  

lozim: 


a) ona    tili    darsliklarida    uchraydigan    chalkashliklarni    bartaraf    etish,  

ta’lim  izchilligini  ta’minlash; 

b) til  o‘qitish  dasturlari  uchun  ma’lumotlar  bazasini  yaratish

c) o‘zbekcha    imlo,    tezaurus,  omonimlar    lug‘atining    kompyuter  

dasturlarini      yaratish; 

d) matn  mazmunini  yaxshi  o‘zlashtirish  uchun  savol-javobga  tizimiga  

asoslangan  dasturlar  yaratish; 

e) bilimlarni  baholash  bilan  bog‘liq  dasturlar  yaratish  va  boshqalar. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  ona  tilini  milliy  til  sifatida  o‘rganuvchilar  uchun  

tuziladigan    o‘qitish    dasturlarida    asosiy    urg‘u    grammatik    bilimlarni  

o‘zlashtirishga  emas,  tildan  to‘g‘ri  foydalana  olish, amalda  oqilona  qo‘llash    

ko‘nikmalarini    shakllantirishga    qaratilgan    bo‘lishi    kerak.  Shuningdek,  

maktabda    o‘quvchining    sinfiga,    yoshiga    qarab    dasturlar    yaratish    kerak  

bo‘ladi.  Boshlang‘ich    sinf    o‘quvchilari    uchun    alohida    dasturlar    yaratishdan  

boshlash    maqsadga    muvofiqdir.  Chunki    yoshlikdan    boshlab    ularda    til  

ko‘nikmalarini  shakllantirish  yuqori  sinflarga  o‘tganda  samarali  natija  beradi.  

Til    o‘qitishdagi    dasturlarda    quyidagi    topshiriqlarni    tavsiya    qilish  

mumkin: 


1.  “Quyidagi    so‘zlarni    imlo    jihatdan    to‘g‘irlang  :  hat,  xavas,  to‘xson, 

xayot,  dorihona,  ishor,  ishlapti  …  (bu    topshiriq    bugungi    kunning    dolzarb  

muammosi    bo‘lgan    savodxonlik    masalasiga    yaqindan    ko‘mak    beradi, 

o‘quvchilarda  lug‘at  bilan  ishlash  ko‘nikmalarini  shakllantiradi).  

2.  “Do‘stingiz    bilan    “Kelajakdagi    maqsadlarim”    mavzusida  

suhbatlashing.  Suhbat    jarayonida    anaqa,    munaqa,  o‘shanaqa    kabi    olmosh  

variantlaridan,  shevaga    oid    so‘zlarda    foydalanmang,  so‘zlar    takroridan  



 

 

21 



saqlaning”  (  bu    topshiriq    dars    jarayonida    bajarilishi    kerak.  O‘quvchilarda  

nutqiy  ravonlikni, muomala  madaniyatini  shakllantiradi). 

3. Dasturda  video  lavhalar  ham  o‘z  ifodasini  topishi  kerak. O‘quvchilar  

uni  kuzatish  orqali  xatoliklarni  topishi  yoki  yangi  jihatlarini  o‘rganishi  kerak.  

4. Qo‘shimchalarni  to‘g‘ri  qo‘llash  mahoratini  shakllantirishga  qaratilgan 

mashqlar    o‘z    ifodasini    topishi  (boshlang‘ich    sinf    o‘quvchilari    uchun  

tuziladigan  dasturlarda). Masalan:     

Bizda  mamlakatimizda  juda  chiroyli  binolarni  bor. 

O‘quvchilar  kutubxonadan  boradilar. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin