Shakllanishi


Matnni    avtomatik    tahlil    qilish



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
komp ling

Matnni    avtomatik    tahlil    qilish.  Insoniyatning      rivojlanish    tarixida  

qo‘lga    kiritgan    barcha    yutuqlari    zamirida    o‘zining    hayotiy    faoliyatini  

yaxshilash,    qisqa    fursatlarda    ko‘p    ishlarni    amalga    oshirish,    aql  -zakovatini  

tuganmas    imkoniyatlarini  namoyon  qilish  maqsadi  yotadi.  Kompyuter  

texnologiyalari  deb  nom  olgan  asrimizda  fan-texnika  yutuqlari  deyarli  barcha  

sohaning    ajralmas    qismiga    aylanib    ulgurgan.  Jumladan,    tilshunoslik    sohasi  

ham    ayni    shu    jarayondan    mustasno    emas.    Matematika,    informatika,  

lingvistika    fanlarining    kesishgan    nuqtasida    paydo    bo‘lgan    yangi    soha  – 

kompyuter    lingvistikasini    axborot    texnologiyalarisiz,    kompyuter    dasturlarisiz  

tasavvur    qilib    bo‘lmaydi.  Endilikda    bu    hodisa    lingvistika    oldiga    yangi  

talablarni  qo‘yib,  fan  doirasida  turli  yo‘nalishlarning  paydo  bo‘lishiga  zamin  

tayyorladi. 

Biz  ma’lumotlarni  tez  fursatlarda  samaradorligi  yuqori  bo‘lgan  holatda  

olishni    xohlaymiz.  Qaysi    manbaga    murojaat    qilmaylik,    unda    ifodalangan  

asosiy    fikrni    tezlikda    anglash,  matn    mazmunini    o‘zlashirish    diqqatimiz  

markazida    bo‘lgan.  Ayni    shu    narsani    kompyuter    dasturi    yordamida    savol-

javob  tarzida  amalga  oshirish  mumkin. Ya’ni  dasturning  o‘zi savol  qo‘yadi,  

javob    beradi    va    matnni    tahlil    qiladi.  Dastlab    onlayn    tarzida    savol-javob  

usulida  ishlaydigan  tizim  tarixiga  qisqacha  to‘xtalib  o‘tamiz. 

START    dunyodagi    birinchi    savol-javob    tarzida    ishlaydigan    onlayn  

boshqaruv    tizimi    hisoblanadi.  Bu    tizim    1993-yil    dekabr    oyidan    boshlab  



 

 

22 



doimiy  foydalana  boshlangan. Boris  Katz  va  uning  hamkorlari  InfoLab  Group 

tomonidan    rivojlantirilgan.    Axborot  beruvchi  g‘ayrioddiy  bu  tizimning  maqsadi  

foydalanuvchilarga  “soniyada  to‘g‘ri  ma’lumot”ni  yetkazish  bo‘lgan. Bu  tizim  

dastlab    milliondan    ortiq    inglizcha    joylar    (shaharlar,    poytaxtlar,  ko‘llar,  

koordinatalar,    ob-havo,    xaritalar,    demografik    holat,    siyosiy    va    iqtisodiy  

tizim),    filmlar  (nomlari,    aktyorlari,    rejissorlari),    odamlar  (tug‘ilgan    yili,  

joyi…),    lug‘atlar    haqidagi    savollarga    javoblarni    o‘zida    qamragan    edi.  Ular  

shartli    ravishda    geografiya,    madaniyat    va    san’at,    ilm-fan    kabi    bo‘limlarga  

bo‘lingan.  

Namuna  tariqasida  quyidagilarni  keltiramiz. 

1.Q: How far is Mount Kilimanjaro from Mount Everest?  

  A:  The distance between  Kathmandu, the  capital  of  Nepal   (where  Mount 

Everest  is  located)  and  Dar  Es  Salaam,  the  capital  of  Tanzania  (where  Mount 

Kilimanjaro is located) is 3,892 miles (6,277 kilometers).  

Source: START KB  

S:Klimanjaro  tog‘i  Everest  tog‘idan  qancha  masofa  uzoqlikda? 

J: Nepal ( Everest  tog‘i  joylashgan)  poytaxti  Katmandu  va  Tanzaniya ( 

Klimanjaro  tog‘i  joylashgan)  poytaxti  Dodoma  orasidagi  masofa  3,892  mil ( 

6,277  kilometr) 

Manba: START  KB 

2.Q:Show the capital of the second largest country in Asia.  

   A:I know that the the second largest country in Asia is India (source: The 

World   Factbook).  

Using this information, I determined the capital of India:  

New Delhi is the capital of India.  

Source: START KB  

    S:  Osiyoda    kattaligi    jihatdan    ikkinchi    o‘rinda    turuvchi    mamlakat  

poytaxtini  ko‘rsating. 

   J:  Osiyodagi    kattaligi    jihatdan    ikkinchi    o‘rinda    turuvchi    mamlakat  

Hindiston  ekanligini  bilaman ( manba: The World Factbook) 




 

 

23 



Shu  ma’lumotdan  foydalanib,  aytishim  mumkin: 

Yangi  Dehli  Hindistonning  poytaxti. 

Manba:  SRART  KB. 

 Yana    shunday    dastur    ham    borki,  u    muayyan    matndagi    har    bir    xat  

boshini  tahlil  qiladi: asosiy  savollarni  qo‘yadi,  javob  beradi. BORIS  – darak 

gapli  matnlarni  chuqur  tushunishga  mo‘ljallangan  amaliy  tizim.  Matnlarni 

chuqurroq tushunib, uning savollariga javob beruvchi tajribaviy  dastur.  U bilimlar 

manbayiga  asoslanib  ishlaydi.    Faqat  mazmunni  emas,  matndagi    barcha    darak  

gaplarni  tahlil  qiladi. Namuna  tariqasida  misollarga  murojaat  qilamiz. 

“Birinchi xatboshini qayta ishlash: 

Bir  ayol  aeroportda  samolyot  uchishini  kutardi.Ammo  hali  erta  edi.  Bekor 

o‘tirishni yoqtirmagan ayol  do‘kondan bitta kitob va pechenye sotib oldi. Bo‘sh 

kursilardan biriga o‘tirib, kitobini o‘qiy boshladi.Kitobni berilib o‘qir ekan, nogoh 

yonida  o‘tirgan  odam  pechenyesidan  olishga  jur’at  qilayotganini  sezib 

qoldi.Ammo  birgina pechenye uchun nazokatsizlik qilgisi kelmadi. 

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 

  Kim aeroportda samolyot uchishini kutardi? 

  Bir ayol. 

 

Ayol do‘kondan nima sotib oldi? 



  Bitta kitob va pechenye. 

 

Ayol kitobni o‘qiyotganida yonida o‘tirgan odam nima qildi? 



 

Pechenyesidan olishga jur’at etdi. 

Ikkinchi xatboshini qayta ishlash: 

Dam-badam  u  ham  soatga  qarab  qo‘yardi.Kitob  o‘qib,  bittadan  pechenye 

o‘g‘irlayotgan  odamga  ko‘z  qirini  tashlar  ekan,  asabiylashmaslikka  urinardi. 

Pechenye  o‘g‘risi,  sekin-sekin  pechenyelarini  olayotganida,  unga  e’tibor 

bermaslikka  va  soat  millari  yurishini  kuzatib,  uning  chiqqillashini  eshitishga 

harakat  qilardi.  O‘ziga  o‘zi:  “Agar  madaniyatli  bo‘lmaganimda,  shu  odamni 

ko‘zlarini  ko‘kartirardim”,  –  deb  qo‘ydi.  Har  gal   pechenye    olaman deganida, u 

ham  qo‘lini  uzatardi.  Oxiri  paketda  bitta  pechenye  qolgach,  “Qani  endi  nima 




 

 

24 



qilasan?”  –  dedi  ichida.    Odam  istehzoli  kulimsirab,  oxirgi  pechenyeni  oldi  va 

ikkiga  bo‘lib,  yarmini  og‘ziga  soldi;  yarmini  esa  ayolga  uzatdi.  Ayol  illat  bilan 

pechenyeni olar ekan, “Bu qanday bezbetlik! Bunchalar qo‘pol bo‘lmasa, bu odam. 

Bir og‘iz rahmat ham demadi!” – deb gapirib ketdi o‘z-o‘ziga.  

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 

  Dam-badam u nima qilardi? 

 

Soatga qarab qo‘yardi. 



 

“Agar  madaniyatli  bo‘lmaganimda,  shu  odamni  ko‘zlarini 

ko‘kartirardim”, deb kim aytdi? 

 

O‘ziga-o‘zi. 



  Paketda bitta pechenye qolgach, u nima dedi? 

  Qani endi nima qilasan? 

  Odam istehzoli kulimsirab nima qildi? 

 

Oxirgi  pechenyeni  ikkiga  bo‘lib,  yarmini  og‘ziga  solib,  yarmini 



ayolga berdi. 

Uchinchi  xatboshini 

qayta 

ishlash: 



Ayol 

hech  qachon  bunday 

asabiylashmasdi.Samolyotning  uchish  vaqti  yetgach,  chuqur  tin  oldi.Yuklarini 

olib, eshik tomon yurdi.“Pechenye o‘g‘risi”ga qayrilib ham qaramadi. Samolyotga 

chiqdi  va  o‘rniga  joylashdi.  “Pechenye  o‘g‘risi”dan  qutulganiga  shukr  qildi.Bir 

ora, uning adabini bermaganiga afsuslandi.“Janob,  – deyishi kerak edi u.  – Shukr 

qiling,  sizdek  nazokatsiz  emasman.  Aks  holda  yuzingizga  shapaloq  tushirgan 

bo‘lardim.  Ammo    siz  qilgan  ish  rasman  o‘g‘rilik  sanaladi.  Pechenye  o‘g‘riligi... 

Bildingizmi?!” 

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 

  Ayol samolyotning uchish vaqti kelgach nima qildi? 

  Chuqur tin oldi. 

  Nimaga shukr qildi? 

 

Pechenye o‘g‘risidan qutulganiga. 



  Nimaga afsuslandi? 

  Uning adabini bermaganiga. 




 

 

25 



To‘rtinchi xatboshini qayta ishlash: 

Shularni  xayol  qilib,  qo‘lini  sumkaga  uzatdi.  Chala  qolgan  kitobini  olib 

o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘kondan sotib olgan bir paket 

pechenyesi  uning  sumkasida  turardi.  Bir  og‘iz  ham  gapirmay,  eng  oxirgi 

pechenyesini ham u  bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech 

edi...  


Qo‘pol va jur’atli  “pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga ko‘tarildi...   

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor: 

  Ayolning sumkasida nima bor edi? 

 

Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi. 



  Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi? 

 

Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risining. 



METAKOP (sabab  zanjiri ): O‘g‘rilik 

• 

PTRANS  (ma’lum    bir    obyektning    bir    joydan    ikkinchi    joyga  



ko‘chishi): Samolyotning uchishi; 

• 

ATRANS  (ma’lum    bir   shaxsning    muayyan    narsaga   ega  bo‘lishi, 



nazorat  qilishi): Ayolning yuklariga egalik qilishi;  

• 

ATTEND (voqealarga  turtki  bo‘lgan  holat  yoki  narsa): Pechenye 



sotib olinishi; 

• 

PROPEL  (ma’lum    narsaga    erishish    uchun    harakat    qilish): 



Sumkadan kitobning olinishi. 

ATB (affektiv  mazmunli  bloklar,  insonning  psixologik  holati): 

1. 

Asabiylashish. 



2. 

Shukr qilish. 

3. 

Afsuslanish. 



4. 

Kulimsirash. 

BORIS    tizimini    takomillashtirish    komyuter    lingvistikasining  

istiqbollaridan    biri    bo‘lib,    matn    mazmunini    o‘zlashtirishdagi    yuqori  

samaradorligi    bilan    ahamiyatlidir.  Nafaqat    kompyuter    lingvistikasida,    balki  

istalgan  badiiy  matn  tahlilida  BORIS  tizimidagi  savol-javob  usulini  qo‘llash  




 

 

26 



mazmunni    o‘zlashtirishga

,    aytilmagan    o‘rinlarga    e’tibor    qaratishga  

xizmat  qiladi. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin