Shakllanishi


Rizayev  S.  Kibernetika  va  tilshunoslik.  –  Toshkent:  O‘zbekiston.  1976;  Rizayev  S



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
komp ling

Rizayev  S.  Kibernetika  va  tilshunoslik.  –  Toshkent:  O‘zbekiston.  1976;  Rizayev  S.  O‘zbek  tilshunosligida 

lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006 va boshqalar. 



 

 

11 



kompyuterga  va  uning  intellekt  darajasini  oshirib  boruvchi  insonga  nisbatan 

“Inson-kompyuter”,  “kompyuter-Inson”  birikmalari  paydo  bo‘ldi.  Kompyuter 

lingvistikasi    bo‘yicha    yirik    mutaxassis    Abdumajid    Po‘latov 

lingvistika+matematika+kompyuter  birligida    ishlash  lozimligini    aytar    ekan,  

quyidagi  ishlarni  amalga  oshirish  zarurligini  ta’kidlab  o‘tadi: 

  Tilni  (o‘zbek  tilini)  sistemalash, to‘liq  ma’lumotlar  bazasini  yaratish  va  

uni  dunyo  tili  (ingliz  tili)  bilan  qiyoslash. 

  Fanning  boshqa  sohalariga  ham  xizmat  qiladigan  o‘zbek  tilining  aniq, 

qisqa  va  xalqaro  me’yorlarga  asoslangan  axborot  uslubini  yaratish. 

  O‘zbek  tili  grammatikasining  formal  va  aksiomatik  modellarini  yaratish. 

  O‘zbek  tilida  bajariladigan  kompyuter  dasturlarini  yaratish 

Xorijda va Rossiyada  kompyuter  lingvistikasiga  oid  tadqiqotlarning ko‘lami  

keng. O‘zbekistonda  esa bu  soha rivojlanish  bosqichida  turibdi. Shunday ekan,  

o‘zbekkompyuter lingvistikasi  o‘z shakllanish  tarixiga ega,  uning  kelajagi  bor.  

Barcha    davrlar    ilm-fan    oldiga    o‘z    talabini    qo‘yadi.  Fanning    asosiy  

vazifasi    mavjud    holatni    tanqid    qilish,    yangi    bosqichga    ko‘tarish,  yangi  

yo‘nalishlar    ochish,  ertangi    kun    imkoniyatlari    va    talablariga    mos    ravishda  

rivojlantirishdir 

1

.  Kompyuter    lingvistikasi    ham    yangi    paydo    bo‘lgan    fan  



tarmog‘i  sifatida  o‘zbek  tilshunosligi  oldiga  qator  muhim  vazifalarni  qo‘yadi: 

  o‘zbekcha  imlo,  tezaurus, omonimlar  lug‘atining  kompyuter  dasturlarini  

yaratish; 

  o‘zbek  tilini  chet  tili  sifatida  o‘rganuvchilar  uchun  mukammal  dasturlar  

yaratish; 

  turli    tillardagi    matnlarni    o‘zbek    tiliga    imkon    boricha    sifatli    tarjima  

qiluvchi  kompyuter  dasturlarini  yaratish

  turli    tillardagi    matnlarni    o‘zbek    tiliga    imkon    boricha    sifatli    tarjima  

qiluvchi  kompyuter  dasturlarini  yaratish

                                                           

1

Пўлатов А.Қ.Компьютер  лингвистикаси.T., “Akamednashr”. 2011, B-6. 




 

 

12 



  matn    tahririda    orfografik,  punktuatsion  xatolarni    aniqlovchi    kompyuter  

dasturining  o‘zbek  tilidagi  variantini  yaratish; 

  matn    mazmunini    yaxshi    o‘zlashtirish    uchun    savol-javob    tizimiga  

asoslangan  dasturlar  yaratish; 

  o‘zbek    tilida    qolipi  nisbatan    qat’iy    bo‘lgan    rasmiy    uslub    uchun  

ma’lumotlar  bazasini  yaratish; 

  bilimlarni baholash bilan  bog‘liq dasturlar yaratish va  boshqalar. 

O‘zbek  kompyuter    lingvistikasida    amalga  oshirilgan  ilk  tadqiqot  ishlari, 

asosan,  statistik  tahlil  yo‘nalishidadir.  Bu    borada  izlanish  olib  borgan  olimlar 

sifatida  S.Rizayev  va  S.Muhamedovlarni  alohida  ko‘rsatish  mumkin. 

S.Muhamedov  o‘zining    R.R.Piotrovskiy  bilan    hamkorlikda    yozgan  

“Инженерная  лингвистика  и  опыт  системно-статического  исследования 

узбекскихт  екстов»  nomli  kitobida    lingvistik  modellar,  modellashtirish  va 

ularning  umumiy  tamoyillari  haqida    fikr  yuritib,  o‘zbekcha    matnlarning  

kvantitativ    modellarini    keltirgan

6

.Mazkur  asarda    sun’iy    intellekt    yaratish  va 



injener  lingvistikasi  metodlari  bilan o‘zbekcha   nutqni avtomatik  qayta ishlash 

jarayonida  foydalanish    uchun    zarur  bo‘lgan  o‘zbekcha    matnlarning    leksik-

morfologik tuzilishi  statistik tahlili natijalari  keltirilgan.  

S.Rizayev  “Kibernetika  va  tilshunoslik”  asarida  tilshunoslikda    aniq 

metodlarning    qo‘llanilishi  va    bunda    kompyuterdan    foydalanish,  til  va  nutq  

hodisalariga  statistik yondashishning  sabablari  hamda matnlarni  avtomatik qayta 

ishlash,  mashina    tarjimasi    muammolari,  shuningdek,  harflarning    qo‘llanish 

chastotasini    aniqlashda    kompyuterning    o‘rni    borasidagi    ma’lumotlar 

keltirilgan

7



O‘zbek  tili  materiallari    bo‘yicha  kompyuter  tilshunosligiga  oid  dastlabki 

tadqiqotlarni 

 

olib 


 

borgan 


olimlar 

 

H.Arziqulov, 



S.Rizayev 

va  


S.Muhamedovlardir.  Ular,  asosan,  kompyuter  lingvistikasining    stastistik    tahlil, 

avtomatik  tahrir  yo‘nalishlari    bo‘yicha    nazariy  va  amaliy  ishlarni    amalga  

                                                           

6

Мухаммедов С., Пиотровский Р.Р. Инженерная лингвистика и опқт системно-статического исследования 



узбекских  текстов. Т., “Fan”, 1986. 

7

Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. Т., 1976, 16-б. 




 

 

13 



oshirishgan. 

H.Arziqulovo‘zining«Информатикаипереработкатекстасредствамивычислител

ьнойтехники»nomli    monografiyasida    kompyuter    yordamida    katta  hajmdagi  

matnlarga    ishlov    berishning    avtomatik    tizimi  asoslarini  chuqur    tahlil    qilgan. 

Muhimi,  professor    H.Arziqulov    rahbarligida    Samarqand    davlat    chet    tillari  

institutida    injener  tilshunosligi  markazi    tashkil    etilgan.    Bu  markazda    davlat  

tilidagi    matnlarga   kompyuter   yordamida   qayta  ishlov  berish  masalalari   ustida 

ilmiy    izlanishlar  olib  borilgan.  Bunda  matnlarga  qayta    ishlov    beradigan 

kompyuter dasturlarini  yaratish, o‘zbek  tilining  barcha sathlariga oid  matnlarni 

yig‘ish, ularni  muayyan bir tizimga  keltirish, algoritmlarni tuzish, ularga statistik  

jihatdan  ishlov  berish, inglizcha-o‘zbekcha mashina  tarjimasi dasturini  yaratish  

kabi  sohalarda ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib borilgan. O‘zbekcha matnlarga  qayta  

ishlov  beruvchi  avtomatik tizim “Uzlington”, lotin  alifbosidagi  matnlarni  krill  

alifbosiga  va    krill    alifbosidan    lotin  alifbosiga  o‘tkazuvchi    “Spellchecker”, 

kompyuter    ko‘magida    korrektura    qiladigan,  imloviy  xatolarni    tuzatadigan  

kompyuter  dasturlarini  yaratishga  birinchilardan  bo‘lib  qo‘l  urgan

8

.  


So‘nggi    yillardao‘zbek    kompyuter    lingvistikasi    asta-sekinlik    bilan  

shakllanmoqda.  Ayniqsa,  bu    sohada    A.Po‘latov,  N.Jo‘rayevlarning  

«Разработкаформальноймоделиграмматикиузбекскогоязыка», 

A.Po‘latov, 

B.Alixo‘jayev,N.Jo‘rayevlarning  

“Разработкапрограммыкомпьютерногоанализаисинтезаглаголовузбекскогояз

ыка”, Muhamedova  S  “Harakat  fe’llari  asosida  kompyuter  dasturlari  uchun 

lingvistik    ta’min    yaratish”  (2006),  A.Po‘latov,  S.Muhamedovalarning  

“Kompyuter    lingvistikasida    avtomatik    tahrir    qiluvchi    dasturning    lingvistik  

ta’minotini    yaratish”  nomli    maqolasi,  A.Po‘latov,  S.Muhamedovalarning  

“Kompyuter    lingvistika”  nomli  o‘quv    qo‘llanmasi  (2007),  A.Rahimovning  

“Kompyuter    lingvistikasi    asoslari”  o‘quv    qo‘llanmasi  (2011)    muhim  

ahamiyatga  molik. 

                                                           

8

Rahimov A. Kompyuter  lingvistikasi  asoslari. –T., 2011, 65-bet 




 

 

14 



Bugungi    kungacha    o‘zbek    kompyuter    lingvistikasi    sohasi    doirasida  

qilingan  ishlarda  ko‘proq  fanning  predmet  va  vazifalarini  aniqlash, kelgusida 

amalga  oshirilishi    kerak    bo‘lgan    masalalarga    nazariy    yondashilgan,  o‘zbek  

tilidagi    affikslarning    qo‘llanilish    ko‘lami  (ot    turkumidagi    affikslar  

kombinatsiyasi) statistik  tadqiq  etilgan, fe’l turkumidagi  so‘zlarning  (“ishlamoq” 

fe’li    misolida)  maksimal    qo‘llanilish    hisobi  (103  mingta)  o‘zbek–ingliz–rus 

tillarida  berilgan. Endilikda  ushbu  nazariy  ilmiy  ishlardan  foydalangan  holda  

quyidagilarni  amaliyotga  tatbiq  qilish  kerak: 

1. O‘zbek    adabiy    tilining    kompyuterga    kiritishga    moslashtirilgan  

standart  grammatikasini  yaratish. 

2.  Me’yoriy    masalalarni    chuqur    tadqiq    etish;  so‘z    qo‘llash    me’yori, 

kalkalash,  uslubiy    me’yorlarni    va    yozma    nutq    me’yorlarini    qat’iy  

belgilab, dastur  qilib  kompyuterga  kiritish. 

3.  Affikslar  aranjirovkasi  (ketma-ketligini)  qat’iylashtirish. 

4.  Juft, takror,  qo‘shma  so‘z, iboralarning  chet  tillarga  tarjimasi  bilan  

birgalikdagi  elektron  lug‘atini  yaratish. 

5.  Gap    bo‘laklarining    joylashish    tartibining    barcha    holatlarini,  flektiv  

tillardagi    barcha    holatlarini,  flektiv    tillardagi    farqli    jihatlari    bilan,  

dasturga    joylashtirishga    zamin    yaratuvchi    ma’lumotlar    bazasini  

berish. 


6.  So‘z  birikmalarining  belgili  va  belgisiz  qo‘llanilish  qonuniyatlarini  

berish. 


7.  Gapning  barcha  xususiy  va  umumiy  me’yorlarini  belgilash  kabilar  

kiradi 


9

.  


Ushbu    dolzarb    masalalar    ustida    kompyuter    mutaxassislari    bilan  

hamkorlikda  ilmiy  va  amaliy  izlanishlar  olib  borilmoqda. 

So‘nggi    paytlarda    insoniyat    hayotida    yaqqol    ko‘zga    tashlanadigan  

jarayonlardan    asosiylari  –  bu  globalizatsiya,    integratsiya,  standartizatsiya    va  

                                                           

9

 Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни  компьютер  воситасида  таҳрир  қилиш  дастурининг  



лингвистик  таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011, 12-бет.  


 

 

15 



optimizatsiya    jarayonlaridir

10

.Tezkor    sur’atda    rivojlanib    borayotgan    fan    va  



texnika  davrida  inson  juda  hajmdagi  axborot  ustida  tezkorlik  bilan  ishlashiga  

to‘g‘ri    keladi.  Bu    jarayonni    boshqarishda    insonning    imkoniyatlari    (xotira  

tezligi)  chegaralangan.  Axborotni    qabul    qilish    va    uning    ustida    ishlash  

samaradorligini    oshirishning    yagona  yo‘li    sun’iy    intellekt  –  kompyuterdan  

foydalanishdir.  Bu    o‘z    navbatida    hamma    sohaning    kompyuter    uslubini  

yaratishni  talab  qiladi.  

Til  –ijtimoiy    hodisa.  Tilning    ijtimoiyligidan    kelib    chiqib,  fan-texnika  

jadal    rivojlanayotgan    bir    paytda    rivojlangan    davlatlarda    milliy    tilni  

rivojlantirish, optimal  ko‘rinishga  keltirish,  formallashtirish  borasida  samarali  

ishlar    qilinmoqda.  Jumlada,  Socrat,  “AABBYY    Lingvo”  kabi    elektron  

lug‘atlarning    yaratilganini    ko‘rsatishimiz    mumkin.  Bugungi    kunda    o‘zbek  

tilining    dunyo    miqiyosidagi    ahamiyatini    oshirish    va    boshqa    dunyo    tillari  

qatoriga    qo‘shish    uchun    qator    lingvistik    masalalarni    hal    etish    tilshunoslar  

oldidagi    muhim    vazifalardan    biri    hisoblanadi.  Shunday    vazifalardan    biri  

o‘zbekcha  matnlarni  kompyuter  vositasida  tahrir  qiluvchi  dasturning  lingvistik  

mezonlarini    ishlab    chiqishdir.  Ishni    amalga    oshirishda    tilshunoslar    malakali  

dasturchilar  bilan    hamkorlikda    ish    olib    borishlari    kerak.  Tilshunos  –  

ma’lumotlar    bazasini    yig‘ib    beruvchi,  lingvistik    ta’minotchi,  dasturchi    esa  

ma’lumotlarning    qulay    ishlash    dasturini    yaratuvchidir.  Shuning    uchun    tilni  

kompyuter  yordamida  modellashtirish (qoliplash) bir  tomondan, informatika  va  

dasturlash  nazariyasi  fanlarining  o‘rganish  sohasi  bo‘lsa, ikkinchi  tomondan, 

tilshunoslik  fanining  tekshirish  obyekti  sanaladi.  




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin