Academic Research, Uzbekistan 387 www.ares.uz Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga munosabatini
ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va hissiyotlar,
tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning uchun ham
motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar tahlil
qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir. Motivlashtirishni o’rganish didaktika va
pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu
borada muayyan yutuqlar
qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la yechimiga hali
erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi, xilma-xilligi tufayli
ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning aniq usul va vositalarini
belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi.
MUHOKAMA Ta’lim tizimida mavjud bo’lgan motivlarni turli mezonlarga ko’ra tasnif etish
mumkin. Turiga ko’ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko’ra esa
motivlar quyidagilarga bo’linadi: – Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o’qishning ijtimoiy ahamiyatini
tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o’qish orqali o’zining jamiyatdagi ijtimoiy
mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi.
– Tor ijtimoiy (yoki pozisiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni
egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o’z mehnatiga yarasha munosib
taqdirlanishga bo’lgan intilish).
– Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko’rinishdagi o’zaro
hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o’z pozisiyasi va o’rinini belgilashga
intilish).
– Keng biluv motivlari. Erudisiyaga ko’ra yo’nalish olish, ta’lim jarayoni va
uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o’quv-biluv faoliyati
uning hayot faoliyatida yetakchi o’rin egallaydi.
– O’quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o’quv
predmetlarini o’zlashtirishga yo’nalganlik).
– Mustaqil ta’lim motivlari (qo’shimcha bilmlarni egallashga yo’nalganlik).
Amaliy pedagogikada bu motivlar yo’nalishi va mazmuniga ko’ra alohida guruhlarga
birlashtiriladi:
1) ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;
2) biluv motivlari;
3) kasbiy ahamiyatga molik motivlar;
4) estetik motivlar;
5) kommunikativ;
6) mavqe-pozisiyali motivlar;
7) tarixiy-an’anaviy motivlar;