Academic Research, Uzbekistan 386 www.ares.uz o’quv-biluv
faoliyatini
motivlashtirish
mumkinligi
asoslab
beriladi.
O’quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy izlanishlarning katta
qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi – ruhiyatining
uzviy bog’liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat psixikasiz
amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o’z tadqiqotlarida
yanada rivojlantirdi.
S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar faoliyat
dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh davri uchun
xos bo’lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari ta’limning yangi
dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash orqali o’quvbiluv
motivlarini
faollashtirish
uchun
asos
bo’lib
xizmat
qiladi.
A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o’quv
faoliyati uchun ham turtki bo’ladi va uni yo’naltiradi deb hisoblaydi. Uning
ta’kidlashicha, faoliyat – bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va
maqsadning bir-biriga mos kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir.
O’tkazilgan psixologik tadqiqotlar natijasida o’quvchilar faoliyati taraqqiyot
darajasini o’rganish, ta’lining psixologik asoslarini bayon qilish, ularda aqliy
faoliyat usullarini shakllantirish, qobiliyat va layoqatni tahlil qilish, o’zlashtirish,
o’quvchilarning psixik rivojlanishini bayon qilish, ijodiy faoliyat muammolarini
yoritish kabi psixologik hodisalar tadqiq qilingan.
NATIJALAR Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni
ko’rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o’qitish omillari ichida
o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o’rinda turar ekan, ya’ni
ta’lim samaradorligi 92% o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog’liq ekan.
Inson tabiatini ozgina bo’lsada tushunadigan kishi buning bejiz emasligini e’tirof
etadi.
Motivlar
didaktik
jarayonning
asosiy
harakatlantiruvchi
kuchidir.
Harakatlantiruvchi motivlarni o’rganish, to’g’ri qo’llash va uni to’g’ri yo’naltira
olish
pedagogik
faoliyat
mazmunining
asosiy
mohiyatini
belgilaydi.
Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan
ma’nolarni anglatadi) bu o’quvchilarni samarali o’quv-biluv faoliyatiga, o’quv
materiali mazmunini faol o’zlashtirishga yo’naltiradigan jarayonlar, metodlar,
vositalarning umumiy nomidir. Obrazli qilib aytganda, motivlashtirish tizginlarini
o’qituvchi ham, o’quvchilar ham o’z qo’llarida tutib turadilar. O’qitish faoliyati
nuqtai nazaridan qarasak, ta’limni motivlashtirish, o’qish faoliyati nuqtai nazaridan
qarasak, o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish haqida gapirish mumkin.
Motivlashtirish
shaxsning
ruhiy
holati
va munosabatlarining o’zgarish
jarayoni sifatida motivlarga asoslanadi. Motiv deganda shaxsni u yoki bu xattiharakatni
amalga oshirishga
majbur qiladigan muayyan sabab, turtki tushuniladi.