Academic Research, Uzbekistan 385 www.ares.uz bilan ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o’qituvchi va o’quvchi
o’rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun o’quvchi individual
xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi.
Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog’liq.
Avvalo, ta’limda o’quvchilar maqomini yangilash, ularni ta’lim jarayonining faol
subyektiga aylantirish ehtiyoji tug’iladi. Binobarin, bu masala muammoning
ikkinchi tomoniga, ya’ni o’quvchining ta’lim jarayoni subyektiga aylanish istagi va
ehtiyojiga ham bog’liq. Aynan, ana shunday ehtiyojni ularda paydo etish, ya’ni
o’quvchini o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish bugungi kunning eng dolzarb
muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Boshlang’ich sinf o’quvchilari motivlari sohasini o’rganishga oid anchagina
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay, motivlar sohasining korellyasiyasi
muammolari hali ham yetarli darajada o’rganilmaganligi sezilmoqda.
Keyingi yillarda o’zbek pedagog olimlari tomonidan ham o’quvchilar
o’quvbiluv faoliyatini tadqiq etishga oid qator keng qamrovli didaktik tadqiqotlar olib
borildi. Shunday ishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, B.Adizov,
R.Safarova, R.Asadova, U.Musayev, H.Nazarova, G.Najmiddinova, A.Hamroyev
kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand, bu ishlarda o’quv-biluv
faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsada, ularda o’quv-biluv faoliyatini
motivlashtirishning
ayrim
masalalari
bayon
qilingan,
xolos.
Chunonchi,
R.Safarova o’quvchilarning amaliy faoliyati til materiallarini o’zlashtirish
ehtiyojiga ko’ra boshqarilishi zarurligi xususida fikr yuritgan. U o’quvchilarning
qiziqishi, faolligi oshirilgan sari amaliy faoliyati ham rivojlana borishini
ta’kidlagan.
K.Zaripov
esa
o’qituvchilar
malakasini
oshirish
tizimida
o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish komponentlarini ajratib ko’rsatadi.
N.Ortiqov o’quvchilar faoliyatida qiziqish, intilish, maqsad, ishonch kabi qator
xarakterli xususiyatlarni ajratadi. Bular faoliyatning mahsuldorligi va yo’nalishini
belgilaydi. O.Roziqov o’quv topshiriqlarida mazmun, maqsad, vazifa, usulni
ularning invariantlari sifatida ajratgan. U o’quv topshiriqlari invariantlarini
o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish vositasi sifatida
asoslagan edi. B.Adizov boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish orqali,
A.Hamroyev esa boshlang’ich sinf ona tili ta’limi sharoitida o’quvchilarning
o’quv-biluv faoliyatini kuzatib, uni an’anaviy ta’lim metodikasidan farqli o’laroq,
ijodiy tashkil etish natijasida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatiga rag’bati,
layoqati va qiziqishi oshirilishi mumkinligini asoslab beradilar. G.Najmiddinova
tadqiqotlarida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini shakllantirish masalalariga
alohida yondashilib, o’quv materiali va uning ustida ishlash orqali o’quvchilarda