Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr asari tahlili Mamatova 2027-guruh



Yüklə 9,35 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü9,35 Kb.
#188351
1   2   3
2027-guruh Mamatova mustaqil ish

Adiba asarlari haqida
Tadqiqotchi J.V.Shtedmanning “Sh.Bronte va Bevikning “Britaniya qushlari” asari adiba ijodida ornitologik ramzlar mavjudligini koʼrsatadi. Аhamiyatga molik tarafi shunda ediki, yuqorida taʼkidlangan “Britaniya qushlari” asari ѐzuvchining sevimli kitoblaridan boʼlgan. “Jeyn Eyr” asarining ilk sahifasida aynan mana shu asar tilga olinadi. Jeyn qushlar motivini asarning ilk sahifasida ularni tanishtirishdan boshlaydi: “ -Bevikdan cheksiz minnatdorman, men juda baxtliman, oʼz haѐtimdan mamnunman” deb hikoya qiladi.
Asar haqida
Sharlotta Bronte asarlarida qush ramzlari quyidagi koʼrinishda ifoda etilgan: 1. Qushlar tabiat tasvirlarida namoѐn boʼlishi; 2. Qush ramzlari inson xarakterini ifodalovchi vosita sifatida; 3. Qushlar baxt, muhabbat va ishonchni ifoda etuvchi vosita sifatida aks etadi. “Jeyn Eyr” asarida qush ramzi erkak va aѐl oʼrtasidagi munosabatni ifoda etadi. Bunday xususiyat adibaning qolgan ikki asarida deyarli uchramaydi. Аdabiѐtshunos K.Tillotson adibaning asarlarida ramzlarni qisman tahlil qiladi, ammo u qush ramzlarini eʼtibordan chetda qoldirgan.
Asar haqida
Asarning bosh qahramoni Jeyn bolaligida xursand qilgan ikki narsa biri bu chinni tarelkaga jannat qushlari tasvirini chizish boʼlsa, ikkinchisi mana shu chinniga bezak berishda ortirgan tajribasi boʼlganligini hikoya qiladi. Mana shu ikki narsa Geytsxedda roʼy bergan ilk xursandchilik onlari edi. Jeynning jiyani boʼlgan Jon unga ham ruhan ham jismonan azob berardi. Jon Jeynni haqorat qilar va bunga uning singlisi Jorjiana ham qoʼshilardi.

Asardagi voqealar rivoji

Ikkalasining oldida u nimjon va kichkina edi. U Lovud qizlar maktabiga yoʼl olar ekan, oʼziga nazar tashlab: “attraction in the spectacle of a hungry robin - spektaklda oʼziga jalb qiluvchi och va nimjon togʼchumchugʼi” deb oʼzini his qiladi [1.30]. Tornfildga guvernantka sifatida ishga taklif qilingan Jeynga janob Rochester “a curious sort of bird - gʼalati qush turi” deb baho beradi. Tornfildga kelib qasrni aylanar ekan Jeyn uchinchi qavatda joylashgan ѐtoqxona devoriga ilingan rasmni quyidagicha: “old English hangings crusted with thick work, portraying effigies of strange flowers and stranger birds - eski ingliz uslubida ishlangan usti yupqa rasmda gʼalati gullar va qushlarning tasviri” tasvirlaydi.


Yüklə 9,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin