Аsarda janob Rochester uyushtirgan ziѐfatda ham qush ramzlari Jeyn tomonidan keng talqin etiladi. Jeyn ziѐfatga tashrif buyurgan xonimlarni kuzatar ekan: “ fluttering and waving plumes seems flock of white plumy birdsxilpirab turgan roʼmol va jigʼa taqqan xonimlar oq ukparli qushlar toʼdasini eslatardi”[1.163]. Jeyn uchun ular erkaklar oldida koʼzga tashlanmaydigan hamroxlar edi. Bu xatto Lovud qizlar maktabidagi janob Broklxoʼrst atrofidagi tuyaqush ukpar va jigʼalarini taquvchi xonimlarida ham uchraydi. Grek antologiyasiga koʼra tuyaqush yer yuzadagi eng farosatsiz jonzot sifatida ifoda etiladi.
Sharlotta Bronte asarlarida tasvirlangan ramzlar bir qator tadqiqotchilar tomonidan ochib berishga harakat qilingan. Jumladan, F.E.Rechfordning “Bronte: Bolalik dunѐsi” deb nomlangan ilmiy asarida Jeynning bolalik dunѐsini aks ettirgan Geytsxed va missis Rid oilasi, Аdel, Berta oʼrtasidagi bogʼliqlik va bu rishtani aynan Geytsxed bilan bogʼlaydi. Geytsxedda oʼtkazgan bolaligi ogʼir boʼlganligini va atrofidagi odamlar uning uysiz ekanligini va hech qanday meros egasi emasligini taʼkidlashdan charchamaydiganlar ekanligini Jeyn borligicha ifoda etishga harakat qiladi
Sharlotta Bronte asarlarida tasvirlangan ramzlar bir qator tadqiqotchilar tomonidan ochib berishga harakat qilingan. Jumladan, F.E.Rechfordning “Bronte: Bolalik dunѐsi” deb nomlangan ilmiy asarida Jeynning bolalik dunѐsini aks ettirgan Geytsxed va missis Rid oilasi, Аdel, Berta oʼrtasidagi bogʼliqlik va bu rishtani aynan Geytsxed bilan bogʼlaydi. Geytsxedda oʼtkazgan bolaligi ogʼir boʼlganligini va atrofidagi odamlar uning uysiz ekanligini va hech qanday meros egasi emasligini taʼkidlashdan charchamaydiganlar ekanligini Jeyn borligicha ifoda etishga harakat qiladi Sharlotta Bronte ijodi roman tahlili va biografik tarafdan keng oʼrganilganligi aniqlanadi.Uning ijodiy merosida uchta aspektni koʼrish imkoniyati mavjud. Birinchisi uning avloddan-avlodga oʼtgan isteʼdodi va haѐt taʼsirida shakllangan dunѐqarashdir. Ikkinchisi esa Bronte ijodini hikoya qilish uslubini ochib berishga qaratilgan ѐndashuv boʼlsa, uchinchisi adiba ijoida ramzlarning keng taqin etilishidir. Аdibaga tegishli romanlarda turli hikoya qilish uslublari va uning ijodiy nasrini tushunish imkoni mavjuddir.