9
Temur qo‘liga o‘tishi bilan bu soha yanarivojlanib ketdi. Har xil xorijiy
mamlakatlardan olib kelingan ustalar gilam to‘qish ustaxonalarida ishlaganlar.
XVIII—XIX asr boshlarida ayniqsa, Buxoro va Farg‘ona xonliklarida
gilam to‘qish san’ati tez sur’atlar bilan rivojlandi.
Bunda gilam tayyorlash
o‘zining naqshi, yuqori sifatli to‘qili lishi, bo‘yalish texnikasi bilan ajralib turdi.
O‘zbekistonda gilam to‘qish maktabi asosan ikki — Samarqand va
Andijon katta gruppalarga bo‘linadi. Andijon gilamlari o‘zining chidamliligi,
ishiqligi, aniq qizil-ko‘k koloriti bilan farq qiladi. Farg‘ona,
Qoraqalpoq
gilamlari asosan ikki xil, ya’ni qizil va to‘q ko‘k rangda to‘qiladi. O‘zbek
gilamlarining tiga ko‘pincha ruta o‘rtasiga turunj yoki doira naqshi ishlanadi.
Samarqand gilamdo‘zlik maktabiga Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi
gilam o‘quvchilar kiradi. Buxoro gilamlari o‘zining
rang-barangligi, kattaligi,
uzun patliligi va chiroyli naqshlari bilan ajralib turadi. Samarqand gilamlari
qisqa patli, markazida turunj chetiga alohida-alohida naqshlar ishlanadi.
Qalqon deb nomlangan turunj naqshi juda ko‘p ishlanadi. Gilamlar hoshiyador
estetik jihatdan chiroyli ishlangan bo‘ladi. Nurota gilamlari esa o‘zining uzun
patliligi, o‘rtacha kattalikda, siyrakroq to‘qilishi bilan ajralib turadi.
Dastgohda
qo‘lda to‘qilgan gilamlar o‘zining chidamliligi, nafisligi,
tabiyligi va sifati
jihatidan ajralib turadi. Bu gilamlar yuz yillab xizmat qilishi mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda qadimdan qo‘lda to‘qib kelinayotgan gilamlar yaxshi
rivojlangan. Turkmaniston, Gro‘ziya, Ozarbayjon va Armanistonda to‘qiladi.
Gilamning to‘qima, tikma va boslla xillari bor.