I BOB. QADIMGI MATOLAR TURLARI VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI. 1.2. Hunarmandchilikning o‘rta IX-XIII asrlarda rivojlanishi va ustaxonalarida qadimgi mato bo‘yumlarning tayyorlanishi. Kigiz bosish san’ati. Kigiz bosish san’ati qadim zamonlardan beri rivojlanib
kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridan biri. O‘zbekiston territoriyasining
qaysi joyida xalqlar chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, shu erda kigiz bosish
kasbi keng tarqalgan. Bu san’at turi O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda qadimdan
rivojlanib kelgan. Ota-bobolarimiz kigizni erga bo‘yra ustidan solishgan,
o‘tovlarni o‘rashgan, qalpoq, piyma va boshqalarda ishlatishgan Ayrim
hollarda guldor, chiroyli kigizlar badiiy buyum sifatida ishlatilgan. Kigiz
oq,qizil, qora, guldor va gulsiz bo‘ladi. Surxondaryo hamda Qashqadaryo
viloyatlarida qoraqo‘y va chaydim kigizlar, Xorazmda esa takyanamat xillari
bor. O‘zbekistonda kigiz bosishning o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, kigiz bosish
quyidagi texnologiyada bajariladi. Kigiz qo‘yning kuzgi junidan yoki echki
junidan tayyorlanadi. Jun titib tozalanadi, yuvib quritiladi. Shundan so‘ng
maxsus savag‘ichlar yordamida yaxshilab savalanadi, ya’ni titiladi. Bu jarayondan
so‘ng jun rangi va sifatiga ko‘ra yuzlik, oraliqqa, tanlab ajratiladi, yuziga maxsus
rang bilan bo‘yalgan mayin junlardan naqshlar ishlanadi. Kigizlarga shox, romb,
yulduz, bulut va oddiy geometrik naqshlar ishlanadi. Bosiladigan kigiz hajmiga
moslab qamish qolip tayyorlanadi. Kigizni tayyorlashda chiy yuziga yuzlik
undan so‘ng oraliq jun tashlanadi. So‘ngra ustidan qaynoq suv quyiladi. Oraliq
jun yayratiladi va yana suv quyiladi. Maxsus chiy sholcha yoki qalinroq matoga
o‘raladi arqon bilan mahkam boylab ustidan tez-tez qaynoq suv sepib
dumalatiladi. Arqon echiladi va kigizni chiydan ajratib olinib yana ustidan qaynoq
suv sepiladi. Kigizni o‘rtasidan arqon bilan o‘rab, uch-to‘rt kishi o‘tirib uni
dumalatib uqalaydi, bilaklaydi. Agar suvi qolmagan bo‘lsa suv beriladi va ikki
uchini biriktirib bog‘lab bir yoki bir yarim soat tortib cho‘zib turiladi. Kigiz
8
qotgandan so‘ng ikki yoniga taxta qo‘yib ishqalab tekislab chiqiladi. Hozir
kigizlar maxsus mashinalar yordamida tayyorlanayapti.